Vikipediya tomonidan oʻtkaziladigan “WikiStipendiya”ning uchinchi mavsumi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi — 375 million soʻm!

Vikipediya tomonidan oʻtkaziladigan “WikiStipendiya”ning uchinchi mavsumi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi — 375 million soʻm!

  • 01/05/2024 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • Iloji boricha tez Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili, O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda “WikiStipendiya”ning uchinchi mavsumini taqdim etadi. Uchinchi mavsum 2024-yilning 1-mayidan 1-dekabriga qadar davom etadi.

Jamoalarni marafonga qabul qilish butun marafon mobaynida davom etadi. Jamoa tarkibi tasdiqlanib, jamoalar roʻyxatiga qoʻshilishi bilan ularning ballari hisoblana boshlaydi. Jamoa aʼzolari soni 5 nafarni tashkil etadi.

Maʼlumot uchun: Oʻzbek tilidagi Vikipediyadagi maʼlumotlar soni va sifatini oshirishga qaratilgan “WikiStipendiya” marafonining ikki mavsumi davomida maqolalar soni 140 mingdan 260 mingtaga yetdi, jahon vikireytingida esa 62-oʻrindan 42-oʻringa yuqoriladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Marafonga yoshi va kelib chiqishidan qatʼi nazar Vikipediyada roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilardan tashkil topgan guruhlar qatnasha oladi;
  • Jamoa aʼzolari soni 5 nafarni tashkil etishi lоzim;
  • Jamoalar maʼlum OTM talabalari, professional taʼlim muassasalari va maktab oʻquvchilari, „Wikiklub“lar aʼzolari, shuningdek, koʻngilli yoshlar tashabbusi bilan tashkil qilinishi mumkin (jamoa aʼzolarining bir taʼlim muassasasida oʻqishi va talaba boʻlishi ham talab qilinmaydi);
  • Marafon davomida ishtirokchilardan fotosuratlar yuklashi, yangi maqolalar yaratishi, tahrir qilishi hamda tarjima maqolalar yaratishi talab qilinadi;
  • Jamoa aʼzolari tarkibi marafon boshlanganidan soʻng har yigirma kunda (bir turda ikki marta) yangi tarkibni tashkiliy jamoaga yuborish orqali yangilanishi mumkin. Har bir yangilashda koʻpi bilan ikki kishigacha oʻzgartirishga ruxsat beriladi.

Muhim: Oldingi mavsum sovrindorlari (birinchi mavsum kuchli uchligi, beshligi va oʻnligi, shuningdek, ikkinchi mavsum oyliklar gʻoliblari (birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrin sohiblari)), oʻzbekcha Vikipediyaning amaldagi va sobiq administratorlari bitta jamoada bir nafardan koʻp boʻlishi mumkin emas. Marafonda hakamlik qiluvchi administratorlar hamda hakamlar safiga qoʻshilgan koʻngilli foydalanuvchilar, shuningdek, tashkiliy jamoa aʼzolari marafonda ishtirokchisi boʻla olmaydi.

Asosiy qoidalar:

  • Bitta jamoa bir tur davomida (45 kun) 45 ta surat yuklashi marafonda ishtirok etish uchun kifoya qiladi;
  • Ortiqcha yuklangan rasmlarga ball berilmaydi;
  • Yuklanayotgan rasmlar Vikiombor qoidalariga va maʼlum bir davlat qonunchiligiga zid boʻlmasligi shart;
  • Guruh ishtirokchilari tomonidan marafondan oldin, marafon davrida olingan suratlar Vikiomborga yuklanishi mumkin;
  • Bitta obyektning bir necha xil rakursdan yoki bir necha xil vaqtdagi (kecha va kunduz, yilning turli fasllari) suratlari qabul qilinadi;
  • Jamoa tarkibi marafon tashkiliy jamoasi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng, jamoa sardori oʻz jamoasini maxsus sahifada koʻrsatilgan namuna asosida oʻzbekcha Vikipediyada rasmiylashtirishi talab qilinadi.
  • Jamoalar maxsus sahifasi yaratilib, tashkiliy jamoa tomonidan tasdiqlanganidan soʻng, Jamoalar sahifasining munozarasida jamoa tashkil etilish jarayoni nihoyasiga yetgani, va jamoani marafon uchun qabul qilish boʻyicha xabar qoldirilishi kerak. Marafon administratorlaridan biri jamoa rasmiylashtirilishi nihoyasiga yetganiga ishonch hosil qilgach, uni jamoalar roʻyxatiga qoʻshadi.
  • Maxsus sahifasi yaratilgan, tashkilotchilar tomonidan tasdiqlangan, biroq Jamoalar roʻyxatiga qoʻshilmagan jamoalar marafon ishtirokchisi hisoblanmaydi, bunday jamoalarning ishlari baholanmaydi.

Kontentga qoʻyiladigan talablar:

  • Bunda berilgan talablarga mos ravishda yaratilgan bitta yangi maqolaning qiymati talablar mos keladigan uchta tahrir hamda uchta tarjima maqolaga tenglashtirilib, koʻpi bilan 10 foizga ushbu balans buzilishiga yoʻl qoʻyilishi mumkin;
  • Maqolalar balansi yuqoridagiga mos kelmagan jamoa oromgohga borish huquqini qoʻlga kirita olmaydi. Bunday jamoalarning marafonda ishtiroki cheklanmay, keyingi turlarda qayta ishtirok etishi mumkin;
  • Marafon yoki har bir tur davomida hech bir jamoa maʼlum maqola yoki maqolalar turkumini jamoa mulki sifatida eʼtirof etishi mumkin emas. Maqolalarga daxl qilish bilan bogʻliq holatda nizoli holat keltirib chiqargan jamoa yoki jamoalarning ayni maqola yoki maqolalar turkumiga oid qilgan barcha tahrirlari nol balga tenglashtiriladi.

Fotosuratlarga qoʻyilgan talablar:

  • Fotosuratlar uchun bir tur davomidagi hajm 45 ta fotosurat boʻlishi talab qilinadi;
  • Fotosuratlarning barchasi commons.wikimedia.org talablariga muvofiq yuklanishi hamda mualliflik huquqlari qoidalariga zid boʻlmasligi lozim;
  • Fotosuratlar hajmi koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlgan taqdirda jamoaning boshqa qismlardagi qilgan ishlari hisobga olinmaydi;
  • Yuklanayotgan fotosuratlarning barchasi toʻgʻri turkumlangan boʻlishi eʼtiborga olinadi;
  • Fotosuratlar selfi yoki bir guruh shaxslarning tayyorgarlik bilan tushirilgan shaklda boʻlmasligi shart, tasvirlarda suv belgilar va shu kabi tasvirni qayta ishlash davomida kiritilgan qoʻshimcha elementlar boʻlmasligi kerak. Fotosuratlarda aks etgan yosh bolalarning yuzi aniq koʻrinmasligi qatʼiy qoida oʻlaroq belgilanadi.

Yangi maqolalarga qoʻyilgan talablar:

  • Yangi maqolaning chop etilgan holatidagi hajmi 200 ta soʻzdan kam boʻlmasligi kerak;
  • Har bir qoʻshimcha 100 ta soʻz uchun ball beriladi;
  • Maqolaning dolzarb mavzusi uchun qoʻshimcha ball beriladi.

Tarjima qilingan maqolalarga qoʻyilgan talablar:

  • Barcha shartlarni qoniqtiruvchi (kamida 400 ta soʻz, nufuzli manbalar, qoidaga mos ravishda rasmiylashtirish, toʻliq va uslubiy/imloviy xatolarsiz tarjima qilingan) maqolalarga 10 ball beriladi;
  • 400 soʻzdan keyin qoʻshilgan har 200 soʻz uchun qoʻshimcha 10 balldan beriladi;
  • Maqolada ogohlantiruvchi andozalar koʻrsatilgan boʻlsa -3 jarima bali beriladi;
  • Maqola boshqa foydalanuvchi yoki bot tomonidan yaxshi holatga keltirilgan boʻlsa -5 jarima ballgacha beriladi;
  • Hakamlar tomonidan har bir tarjima maqola uchun (maqolaning toʻgʻri tuzilishi, nufuzli manbalar koʻrsatilganligi, rasmlar nomlanishi, grafiklar, jadvallar, turkumlar) qoʻshimcha ball berishi mumkin.

Tayyorlangan ishni tahrir qilish boʻyicha mezonlar:

  • Jamoalar tomonidan tahrir qilinadigan maqolalar 2024-yil yanvar oyidan oldin yaratilgan boʻlishi eʼtiborga olinadi;
  • Tahrirlangan maqolalar tarkibiga kamida 100 soʻz qoʻshilganda qabul qilinadi. Tahrir qilingan maqolada ham bilgiquti mavjud boʻlishi, kamida 2 ta manbaga ega boʻlishi hamda turkumlashtirilgan boʻlishi lozim;
  • Tahrirlangan maqola soʻzlarining soni ball uchun yetmasa va u hakam(lar) tomonidan qabul qilinmasa, keyinchalik maqola ball berish uchun yetarli holatga keltirilgan taqdirda ham berilgan baho hakamlar tomonidan qayta koʻrib chiqilmaydi.

Statusli maqolalar boʻyicha mezonlar:

  • Yangi yaratilgan yoki tarjima qilingan maqola tur davom etgan davrda maʼlum bir statusga erishsa, hakamlar tomonidan berilgan ballning 100 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi;
  • Bir guruhning statusli maqola uchun qoʻygan nomzodlari ketma-ket ikki marta status ololmasa, guruhga -2 jarima ball beriladi.

Eslatma: Hakamlar tomonidan qabul qilingan qarorlar, berilgan ballar muhokama qilinmaydi, qoʻyilgan ballar qayta koʻrib chiqilmaydi. Hakamlar hayʼati oʻzaro kelishgan holda yuzaga kelgan vaziyatga koʻra ish tutib, qoidalarga oʻzgartirish kiritishi mumkin.

Foydali tomonlari

  • 1-oʻrin uchun — 150 mln. soʻm;
  • 2-oʻrin uchun — 125 mln. soʻm;
  • 3-oʻrin uchun — 100 mln. soʻm.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Dasturga butun marafоn davоmida, yaʼni may оyidan оktyabr оyigacha rоʼyxatdan оʼtib qatnashish mumkin. Lekin ilоji bоricha tezrоq rоʼyxatdan оʼtish tavsiya qilinadi.

Muhim: Dastur doirasida tashkil etilgan paramarafonda ham qatnashish mumkin. Paramarafonda ishtirok etish uchun ishtirokchilardan nogironligi toʻgʻrisidagi guvohnomani koʻrsatishi soʻraladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Oʻzbekiston
Vikipediya tomonidan oʻtkaziladigan “WikiStipendiya”ning uchinchi mavsumi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi — 375 million soʻm!

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar