Tavsif
"Najot Ta'lim" markazi vodiylik yoshlar uchun Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi va qo'llab-quvvatlovi bilan Farg'ona filiali uchun 100 nafar o'quvchiga grant e'lon qiladi.
Grantni saralab olish imtihon (mantiqiy fikrlash va ingliz tili) va suhbat asosida bo'lib o'tadi. Eng yuqori ball to'plagan 100 nafar o'quvchi g'olib deb topiladi. Saralash «Najot Ta'lim» jamoasi tomonidan amalga oshiriladi.