Tavsif
Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy himoya Milliy agentligi hamda Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamkorligida yurtimiz volontyorlari uchun Eko-avlod anʼanaviy oʻquv oromgohining 3-mavsumi tashkil etiladi.
Dasturdan asosiy maqsad yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirish, aholining ekologiya bilan bogʻliq huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ilmiy va innovatsion qobiliyatlarini namoyon etish, ekologik muammolar va ularning yechimlariga bagʻishlangan takliflar ishlab chiqishdir.
Yozgi oromgoh Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.