Webster universitetida davlat granti
O‘zbekiston O‘zbekiston
15 Okt, 2023 · Muddat tugagan

Webster universitetida davlat granti

Bakalavr To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

O‘zbekistonda birinchi ochilgan AQSH universiteti Websterda grant asosida talabasi bo‘lish imkoniyati ochildi. Grant quyidagi yo‘nalish talabalariga taqdim etiladi:

  1. BS Business Administration (Biznes boshqaruvi);
  2. BA International Relations (Xalqaro aloqalar);
  3. BA Esonomiss (Iqtisodiyot);
  4. BA Media Studiyes (Mediashunoslik);
  5. BS Management Information Systems (Axborot tizimlari boshqaruvi).

Grantni qo‘lga kiritish uchun yuqoridagi yo‘nalishlardan biriga o‘qishga qabul qilinishingiz, hamda Biznes Boshqaruvi, Iqtisodiyot va Axborot Tizimlari Boshqaruvi talabalari matematika va ingliz tili, Mediashunoslik va Xalqaro aloqalar talabalari tarix va ingiliz tili testidan yuqori natija ko‘rsatish talab etiladi. 

 

Testdan eng yuqori natija ko‘rsatgan 50 ta talaba ushbu imtiyozni qo‘lga kiritishi mumkin. Har bir soha talabalari uchun 10 tadan imtiyoz belgilangan.

Hujjatlaringizni webster.uz/apply havolasi orqali topshiring yoki Vebster Universitetiga tashrif buyuring.

 

Ushbu imtiyoz faqat 2023-yil kuzgi qabul davomida o‘qishga qabul qilingan bakalavr darajasi talabalari uchun amal qiladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Vebster Universitetida 1-bosqich, birinchi semestr talabasi bo‘lish;
  • Biznes boshqaruvi, iqtisodiyot va axborot tizimlari boshqaruvi sohalari talabalari matematika va ingliz tili testidan yuqori natija ko‘rsatish;
  • Mediashunoslik va xalqaro aloqalar talabalari tarix va ingliz tili testidan yuqori natija ko‘rsatish;
  • O‘qishni tamomlagach davlat tashkilotlarida 5 yil mobaynida ishlash.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Webster universitetida 4 yil davomida grant asosida taʼlim

Topshirish jarayoni

Hujjatlaringizni webster.uz/apply havolasi orqali topshiring yoki Webster Universitetiga tashrif buyuring.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Webster universitetida davlat granti
15 Okt, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.