Tavsif
WikiMarafon va “Edu Action” bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan “Wiki IELTS” tanlovi oʻzbekcha Vikipediya sifatini oshirish, ingliz tiliga qiziqishi yuqori boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan, 6 ta gʻolibni tanlab olib mutlaqo bepul IELTS imtihonida ishtirok etish imkoni taqdim etilishi rejalashtirilgan ijtimoiy loyiha hisoblanadi.
Tanlovda 16 yoshga toʻlgan istalgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi qatnashishi mumkin. Tanlov shartlari juda oddiy boʻlib, dastlab @WikiTanlov_bot orqali roʻyxatdan oʻtish, berilgan matnni oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilib, qayta yuklab qoʻyish kerak boʻladi. Edu Action tomonidan IDP IELTS uchun free seat (bepul IELTS imtihoni topshirish imkoniyati) taqdim etiladi.
Loyiha davomiyligi – tanlov 2025-yil 15-sentyabrdan 30-sentyabrgacha davom etib, natijalar 15-oktyabrgacha eʼlon qilinadi.
Dastur bilan ushbu havola orqali toʻliq tanishish mumkin.