Tavsif
Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida “Vatan taqdiri mening qoʻlimda” mavzusida insholar tanlovini eʼlon qiladi. Ushbu tanlovda barcha 10-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.
Tanlovning asosiy maqsad va vazifalari yurt tayanchi boʻlgan yoshlarga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, ularda Vatan taqdiri, ertangi kuni va istiqboliga daxldorlik tuygʻusini rivojlantirish, amalga oshirilayotgan islohotlarni teran idrok ettirishdir. Shuningdek, joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar oʻrtasida masʼuliyat hissi, fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik sifatlarini oshirish, yurt taqdiri va uning mustaqilligi uchun daxldorlikni anglatishdan iborat.
Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:
- 1-bosqich onlayn oʻtkaziladi. Bunda @insholarbot orqali toʻgʻridan-toʻgʻri insholar qabul qilinadi;
- 2-bosqich Toshkent shahrida saralangan oʻquvchilar ishtirokida boʻlib oʻtadi.