Umumiy maʻlumotlar
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining “Ona tili” va “Oʻzbek tili” fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanloviga start berildi. Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan oʻqituvchilar joriy yilning 20-iyulidan 20-avgustiga qadar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari soʻraladi.
Tanlov 3 bosqichda oʻtkaziladi.
- Tanlovning birinchi bosqichi 2 ta shart asosida joriy yilning 13-sentabridan 18-sentabriga qadar tuman (shahar) miqyosida oʻtkaziladi.
Birinchi shartda 20 ta test topshirigʻi uchun 40 ball beriladi. 26 va undan yuqori ball toʻplagan ishtirokchilar ikkinchi shartda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.
Ikkinchi shartda esa “Oʻzbek tilini samarali oʻqitish metodikasi” taqdimoti (slaydlar bilan)tuman masʼullari ishtirokida zoom platformasi orqali oʻtkaziladi (texnik va mazmuniga qoʻyilgan talablar ushbu havolada) va 7 daqiqa vaqt beriladi. Maksimal 60 ball bilan baholanadi.
Tanlovning birinchi bosqichida 2 ta shart boʻyicha 76 ball va undan yuqori koʻrsatkich qayd etgan ishtirokchilar orasidan eng yuqori ball toʻplagan 1-, 2-, 3- oʻrinni egallagan gʻoliblar aniqlanadi va birinchi oʻrinni egallagan 2 nafar gʻolib navbatdagi bosqichda ishtiroki etish imkoniyatini oladi. - Tanlovning ikkinchi bosqichi ham 2 ta shart asosida joriy yilning 27-sentabridan 30-sentabriga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida oʻtkaziladi.
Ikkinchi bosqich shartlari ham birinchi bosqichda boʻlgani kabi 40 ballik 20 ta test va 60 ballik “Oʻzbek tilini samarali oʻqitish metodikasi” mavzusidagi taqdimotdan iborat boʻladi.
Tanlovning 2-bosqichida 2 ta shart boʻyicha 76 ball va undan yuqori koʻrsatkich qayd etgan ishtirokchilar orasidan eng yuqori ball toʻplagan 3 ta oʻrin gʻoliblari aniqlanadi va birinchi oʻrinni egallagan 2 nafar gʻolib navbatdagi 3- bosqichda ishtiroki etish imkoniyatini oladi. - Tanlovning uchinchi- Respublika bosqichi 2 ta shart asosida joriy yilning 18-oktabridan 20-oktabriga qadar Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
“Ijodiy namunali shaxs obrazi” deb nomlangan birinchi shartda ishtirokchilar konvertlarda tayyorlangan adabiy va erkin mavzulardan birini ixtiyoriy tanlab 50 ballik mezon asosida 2 (akademik) soat vaqt ichida esse yozadilar.
Ikkinchi shartda ishtirokchilardan 45 daqiqa dars mashgʻulotini oʻtish talab etiladi. Ishtirokchilarning dars mashgʻuloti oʻtish ketma-ketligi, dars mavzulari, mashgʻulot oʻtkaziladigan sinflarni (parallel) qurʼa tashlash yoʻli bilan tanlab oladi va 50 ballik mezon asosida baholanadi.
21-oktabr Oʻzbek tili bayrami arafasida tanlovning respublika bosqichi yakunida 2 nafar (ona tili va oʻzbek tili fani boʻyicha) birinchi oʻrinni egallagan “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” gʻolibi hamda ikki nafardan 2-, 3- oʻrinni egallagan sovrindorlar, shuningdek, nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi.
Maqbullik shartlari
- Ona tili yoki O'zbek tili o'qituvchilari uchun
Foydali tomonlari
Tanlovning respublika bosqichi yakunlarida gʻoliblari
- 1-oʻrin uchun “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” I darajali diplomi, 30 mln. soʻm miqdoridagi pul mukofoti va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni;
- 2-oʻrin uchun “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” II darajali diplomi, 20 mln. soʻm miqdoridagi pul mukofoti va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni;
- 3-oʻrin uchun “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” III darajali diplomi, 10 mln. soʻm miqdoridagi pul mukofoti va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadilar.
Hujjat topshirish
- Tanlovda ishtirok etish uchun 20-avgustgacha ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tish kerak