Xalqaro ayollar forumi tomonidan yetakchi ayollarni ragʻbatlantirishga qaratilgan Leadership Fellows Program dasturi

Xalqaro ayollar forumi tomonidan yetakchi ayollarni ragʻbatlantirishga qaratilgan Leadership Fellows Program dasturi

  • 01/01/2023 Qabul boshlanishi
  • Grant Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 01/06/2023 09:00 Oxirgi muddat

Umumiy maʻlumotlar

Xalqaro ayollar forumi har yili Garvard biznes maktabi va INSEAD biznes maktabi bilan hamkorlikda ayollar yetakchiligini yanada rivojlantirish va dunyo boʻylab tenglikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Leadership Fellows Program dasturini taqdim qiladi. Ushbu dastur dunyoning barcha hududlaridan boʻlgan qobiliyatli va oʻz sohasida muvaffaqiyatga erishgan 45 nafar ayolga oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarishga yordam berishga qaratilgan.

Butun dunyo boʻylab olib borilgan tadqiqotlarga koʻra, yetakchi ayollar salohiyatini cheklovchi uchta asosiy toʻsiq mavjud:

  • Professional tarmoqlarga kirishning cheklanganligi;
  • Murabbiylarning yetishmasligi; 
  • Yetakchilik sohasidagi treninglarning yetarli emasligi.

Dastur yuqoridagi toʻsiqlarni bartaraf etib, ayollar ishtiroki cheklangan sohalarga kirib boradi va undagi ayollar hissasini sezilarli darajada oshiradi. 2023-2024-yilgi dasturda ishtirok etish pullik boʻlib, toʻlov har bir ishtirokchi uchun 32,750 AQSH dollarni tashkil etadi.

Maʼlumot uchun: Xalqaro ayollar forumi dunyodagi eng iqtidorli ayollarni birlashtiruvchi tarmoqdir. Ushbu forum har bir sohadagi yetakchi ayollarni bir-birini qoʻllab-quvvatlash, yetakchiligini yanada rivojlantirish va butun dunyo boʻylab tenglikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida birlashtiradi. Tashkilot 1974-yilda Nyu-York shahrida tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda 33 ta mamlakatdan 7800 dan ortiq yetakchi ayollarni birlashtirgan va 73 ta mahalliy forumlardan iborat. Forum bu miqyosdagi yagona tashkilot boʻlib, aʼzolari ichida ixtirochilar, tadbirkorlar, bosh direktorlar, davlat rahbarlari, akademiklar, olimlar, kosmonavtlar, sportchilar, rassomlar, kino ijodkorlari, moliyachilar va boshqalar bor.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Geografik, madaniy, etnik va kasbiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, barcha ayollar dasturda qatnashishi mumkin;
  • Nomzodlar yuqori intellektual qobiliyatga ega boʻlishi va maqsadi tomon harakat qilishga boʻlgan kuchli qatʼiyat namoyon qilishi kerak;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi);
  • Karyerasida yuqori pogʻonalarga koʻtarilishga intilish va hamkasblarining ham rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash istagi boʻlishi kerak;
  • Nomzodlar oʻzi ishlayotgan tashkilot va jamiyatda ijobiy oʻzgarishlar qilishda tajribaga ega boʻlishi lozim;
  • Professional ish tajriba va sohasi boʻyicha yutuqlarga erishgan boʻlishi lozim;
  • Ishtirokchilar dastur rivojiga samarali hissa qoʻshishlari lozim;
  • Dasturning barcha tadbirlarida toʻliq ishtirok etish talab etiladi.

Eslatma: Dastur muvaffaqiyatga erishgan yetakchi ayollar uchun moʻljallangan boʻlsa-da, dastur mezonlariga javob beradigan barcha nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Dasturda qatnashish toʻlovi har bir ishtirokchi uchun 32,750 AQSH dollar boʻlib, quyidagi dastur doirasidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
    • AQSHning Michigan shtati Detroyt shahrida oʻtkaziladigan Jahon liderlik konferensiyasi va tanishuv dasturi (2-6 oktabr, 2023-yil);
    • INSEAD biznes maktabida 4 kunlik trening (26-29-fevral, 2023-yil);
    • Garvard biznes maktabida 5 kunlik trening (2-7-iyun, 2024-yil);
    • Mentorlik uchrashuvlari.
  • Ovqatlanish va turar joy xarajatlari qoplanadi;
  • Barcha kurs materiallari bilan taʼminlanadi.

Muhim: Transport xarajatlari tashkilot tomonidan taʼminlab berilmaydi.

Hujjat topshirish

Nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

  • 2 ta tavsiyanoma (Birinchi tavsiyanoma nomzod ishlayotgan tashkilotdagi eng yuqori lavozimli rahbar tomonidan taqdim etilishi kerak. Ikkinchi tavsiyanoma tashkilotdan tashqaridagi faoliyat olib borayotgan nomzodning professional tengdoshi tomonidan taqdim etilishi kerak);
  • Ariza topshiruvchilardan quyidagi mavzularning barchasida insho yozishlari soʻraladi:
    • Influential Individuals and Experiences (250-400 ta soʻz);
    • Short- and Long-Term Goals and relation to Leadership Fellows Program (250-400 ta soʻz);
    • Experience with Mentoring (250-400 ta soʻz);
    • Peer Networking (250-400 ta soʻz);
    • IWF Mission (250-400 ta soʻz);
    • Legacy Project (400-500).
  • Dasturda qaynashish istagida boʻlganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin;
  • Ariza topshirgandan soʻng nomzodlar 2 nafar forum aʼzosi tomonidan onlayn suhbat qilinadi (18-iyundan 1-iyulgacha).

Eslatma: Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi lozim.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Natijalar haqida 2023-yil avgust oyining boshida xabar beriladi;
  • Oxirgi muddat: 1-iyun, 2023-yil (09:00);
  • Email: iwf@iwforum.org;
  • Tel: +1 202 387 1010.
AQSh
Xalqaro ayollar forumi tomonidan yetakchi ayollarni ragʻbatlantirishga qaratilgan Leadership Fellows Program dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar