Tavsif
Inson huquqlari va ijtimoiy adolat mavzusida professional izlanish olib borayotgan ayol jurnalistlar uchun The Elizabeth Neuffer 2026 stipendiya dasturi eʼlon qilindi.
Dastur davomida ishtirokchilar dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri — Massachusets texnologiya institutida (MIT) amaliyot oʻtash va darslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Amaliyot davomiyligi: 2027-yil fevral oyidan boshlanib iyul oyigacha davom etadi.
Bu oylar mobaynida amaliyotchilar The Boston Globe jurnalida, Kembrijda darslarda, seminarlarda turli xil tadbirlarda ishtirok etib mustaqil izlanishlar olib boradilar va yangiliklar boʻlimi boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishadi. Soʻngi ikki oy davomida Nyu-York shahrida The New York Times gazetasida stajirovka oʻtkazadilar.
Dastur davomida qaysi kurslarda va darslarda ishtirok etishni amaliyotchilar mustaqil ravishda tanlash huquqiga egalar buning uchun Xalqaro tadqiqotlar markazining rasmiy veb-sahifasiga kirishlari, shuningdek MIT universiteting kurslari haqida batafsil maʼlumotlarni koʻrib chiqishlari kerak.
Amaliyotchilar akademik va kasbiy jihatdan oʻrgangan tajribalarini davlatlariga qaytib amaliyotda qoʻllashlari kerak.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali batafsil maʼlumotga ega boʻlish mumkin.