Tavsif
Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro huquq sohasida malaka oshirmoqchi boʻlganlar uchun International Law Fellowship Programme dasturini taqdim etadi. Ushbu dastur rivojlanayotgan mamlakatlarning malakali mutaxassislari, xususan, davlat amaldorlari va xalqaro huquq oʻqituvchilarini bilimini yanada mustahkamlash, tajribalarini boyitishni maqsad qilgan.
International Law Fellowship Programme dasturi taniqli xalqaro huquqshunos olimlar tomonidan xalqaro huquqning keng doiradagi asosiy mavzulari boʻyicha olib boriladi. Bundan tashqari, treningda ishtirokchilar oʻzaro tajriba va fikr almashish imkoniga ega boʻladi, bu esa xalqaro huquqning dolzarb muammolarini koʻproq tushunish va unga birgalikda yechim topishga yordam beradi.
Dastur xalqaro huquq boʻyicha The Hague Academy of International Law -Gaaga Xalqaro huquq akademiyasi tomonidan olib boriladigan maʼruza va seminarlardan iborat. Dasturning bu yilgi mavsumi 2024-yil 1-iyuldan 2-avgustgacha ingliz tilida olib boriladi va bunda dunyo boʻylab eng yaxshi 20 nafar ishtirokchilar qatnashishlari mumkin. Ishtirokchilarning barcha xarajatlari toʻliq moliyalashtiriladi. Dasturning bu yilgi mavsumi haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.
Dasturning avvalgi mavsumlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.