Xalqaro qor qoploni kunini nishonlashga bag‘ishlangan ijodiy tanlovlar e'lon qilindi.
O‘zbekistondagi BMTTD uchta tanlovida qatnashib, mukofotlar va qimmatbaho esdalik sovg'alari yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ling.
2014-yildan boshlab, har yili 23-oktyabrda Xalqaro qor qoploni kuni nishonlanadi. Bu kun nishonlanishidan maqsad yoʻqolish xavfi ostidagi ushbu mushuksimonlar turiga eʼtibor qaratish, ularni asrash va himoyalash borasidagi xabardorlikni oshirishdan iborat. Qor qoplonlari yoʻqolish xavfi ostida turgan jonzot sifatida TAXI Qizil kitobiga kiritilgan (2000), Oʻzbekiston Qizil kitobiga ham qoʻshilgan. Shuningdek, ular yoʻqolish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlari xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi konvensiya (SITeS)ning I ilovasiga muvofiq ham himoya qilinadi.
Joriy yilda ushbu voqeani nishonlash maqsadida, Oʻzbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi ekologlar, oʻqituvchilar, psixologlar, universitetlar talabalari, bolalar uchun ijodiy taʼlimiy materiallar ishlab chiquvchilar va NNT uchun tanlov oʻtkazilishini eʼlon qiladi.
Tanlovning asosiy maqsadi va vazifasi bolalar uchun togʻlar, oʻrmonlar, qoʻriqlanadigan hududlar va himoya ostidagi hayvonlar turlari haqida maʼlumot beruvchi 3D-rasm (qutilar) koʻrinishida oʻquv materialini ishlab chiqish sanaladi.
1- tanlov: Tabiat resurslari, flora va faunaga hurmatni rivojlantirish
Bioxilma-xillikka oid 3D-quti bioxilma-xillikni va togʻ ekotizimlarini asrashning turli yoʻnalishlarini oʻz ichiga olishi mumkin, bunda rasmlarda oʻquv gʻoyalari aks etgan boʻlishi lozim. 3D-rasmlar qanchalik qiziqarli, maʼrifiy, ijodiyroq boʻlsa, birinchi oʻrin uchun mukofotni yutish ehtimoli shuncha yuqoriroq boʻladi, tanlov yakunlari 2021-yil 23-oktyabrda, xalqaro qor qoploni kuniga bagʻishlab eʼlon qilinadi.
Tanlovda qatnashish uchun ishingiz va gʻoyangizni tasdiqlovchi video suratga olish kerak boʻladi. Videoni Instagramdagi profilingizga #узбснежныйбарс2021 xeshtegi bilan joylashtiring. Taqdirlash marosimida ishtirokchilarga 3D-qutilar namoyish etiladi. Gʻoliblarni saralash mustaqil hakamlar hayʼati tomonidan materiallarni ekspert baholash orqali amalga oshiriladi.
Tanlov shartlari:
3D-qutining balandligi, uzunligi va eni 50 sm.dan oshmasligi kerak. 3D-quti kvadrat yoki toʻgʻri toʻrtburchak shaklda yasalishi lozim. Boʻyoqlardan foydalanish arizachining ixtiyoriga havola. 3D-qutining tavsifi yoki matnli talqinini, imkon boʻlsa, quti ichiga joylashtirish yoki alohida, rus, oʻzbek yoxud ingliz tilida berish mumkin. Tanlovda qatnashish uchun ishingiz va gʻoyangizni tasdiqlovchi videoni suratga olish kerak boʻladi. Videoni Instagramdagi profilingizga #узбснежныйбарс2021 xeshtegi bilan joylashtiring. Taqdirlash marosimida ishtirokchilarga 3D-qutilar namoyish etiladi. Gʻoliblarni saralash mustaqil hakamlar hayʼati tomonidan materiallarni ekspert baholash orqali amalga oshiriladi.
Ushbu tanlovda quyidagilar qatnashishlari mumkin:
Ekologlar, oʻqituvchilar, talabalar, psixologlar, bolalar uchun ijodiy taʼlimiy materiallar ishlab chiquvchilar, nodavlat tashkilotlari. Yosh boʻyicha cheklovlar yoʻq. Tanlov qamrovi – butun Oʻzbekiston boʻylab (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar shaharlari va tumanlari, Toshkent shahri).
Muddati: 2021-yil,15-sentyabrgacha.
2- tanlov: “Birgalikda birdamlik va yakdillik orqali biz tabiatimizni himoya qilamiz” badiiy tanlovi
Bu tanlov 10 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan. Badiiy ish vatmanda bajarilishi lozim, nima bilan chizilishi esa, muallif ixtiyoriga havola. Ishtirokchilar oʻz ishlarida bayon etishlari lozim boʻlgan mavzu – bu ekologik muammolarni hal qilish, Oʻzbekistonda yashaydigan, yoʻqolib borayotgan hayvon turlari, jumladan qor qoploni, togʻ echkisi yoki sugʻurni himoya qilish. Bu tanlovda mavzuga yondashuv, ijodiylik, gʻoya va, albatta, muammoning yechimi baholanadi. Ishtirokchilar ishni oʻz Instagram/Facebook profillariga #узбснежныйбарс2021 xeshtegi ostida joylashlari va kontakt maʼlumotlarini koʻrsatishlari lozim.
Rasmlar tabiatni muhofaza qilish va yovvoyi tabiat haqida gʻamxoʻrlik qiluvchi saralash komissiyasi aʼzolari tomonidan ovoz berish yoʻli bilan baholanadi. Tanlov davrida ishtirokchilarning profillari ochiq boʻlishi, shuningdek tanlov qatnashchisining ismi va familiyasi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Ragʻbatlantiruvchi mukofotlarga qoʻshimcha sifatida uchta sovrin oʻynaladi. Gʻoliblarni saralash mustaqil hakamlar hayʼati tomonidan, materiallarni ekspert baholash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Tanlov shartlari:
Ishtirokchilar ishni oʻz Instagram/Facebook profillariga #узбснежныйбарс2021 xeshtegi ostida joylashlari va kontakt maʼlumotlarini koʻrsatishlari lozim.
Ushbu tanlovda quyidagilar qatnashishlari mumkin:
10 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar. Tanlov qamrovi – butun Oʻzbekiston boʻylab (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar shaharlari va tumanlari, Toshkent shahri).
Muddati: 2021-yil,10-sentyabrgacha.
3- tanlov: Videorolik suratga olish
Ushbu tanlov yoshi va kasbidan qat'iy nazar, barcha uchun ochiq. Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar qor qoplonini asrash, uning asosiy ov ob'ektlari va yashash joylari to‘g‘risida videorolik olishlari va Instagram/Facebookdagi profillariga joylashlari kerak bo‘ladi. Video istalgan formatda, hujjatli filmdan havaskor syomkagacha bo‘lishi mumkin (kadr ortida axborot matni, xronometraj – ko‘pi bilan 3 daqiqa). Video qanchalik qiziqarli, ma'rifiy va ijodiyroq bo‘lsa, g‘olib bo‘lish va loyiha tashkilotchilaridan mukofot yutib olish imkoniyati shuncha katta bo‘ladi. G‘oliblarni saralash mustaqil hakamlar hay'ati tomonidan materiallarni ekspert baholash vositasida amalga oshiriladi. Barcha ishlar ko‘chirmachilikka (plagiat) tekshiriladi.
Tanlov shartlari:
Tanlov yoshi va kasbidan qat'i nazar, barcha uchun ochiq. Video istalgan formatda, hujjatli filmdan havaskorlik s'yomkasigacha bo‘lishi mumkin, davomiyligi ko‘pi bilan 3 daqiqa, rus, o‘zbek yoki ingliz tilida bo‘lishi kerak. Video qanchalik qiziqarli, ma'rifiy va ijodiyroq bo‘lsa, g‘olib bo‘lish va loyiha tashkilotchilaridan mukofot yutib olish imkoniyati shuncha katta bo‘ladi. Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar videoni suratga olib, Instagram/Facebookdagi profillariga #узбснежныйбарс2021 xeshtegi ostida joylashlari va o‘z kontakt ma'lumotlarini ko‘rsatishlari kerak. Video smartfonda, professional yoki havaskor kamerada olinishi mumkin. Zarur bo‘lsa, siz turli hayvonlar tasvirini, shuningdek kadr ortida axborot matnini joylashtirishingiz mumkin.
Ushbu tanlovda quyidagilar qatnashishlari mumkin:
Tabiatga befarq bo‘lmagan barcha. Yosh bo‘yicha cheklovlar yo‘q. Tanlov qamrovi – butun O‘zbekiston bo‘ylab (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar shaharlari va tumanlari, Toshkent shahri).
Muddati: 2021-y. 15-sentyabrgacha.
E'tibor bering bu yerda bir xil mavzuga bag'ishlangan 3 ta tanlov mavjud, ularni topshirish vaqti va shartlari bir-biridan farq qiladi.
Qoʻshimcha ma'lumot uchun:
Yelena Turaeva, elena.turaeva@undp.org
Tel: +998935015630
Qo‘shimcha talablar:
Tanlov materiallari reklama axborotiga, shuningdek O‘zbekiston hududida tarqatish taqiqlangan yoki cheklangan axborotga ega bo‘lmasligi kerak. Mazkur axborotga ega tanlov materiallari ko‘rib chiqilmaydi!
Materiallardan foydalanish huquqi:
Tashkilotchilar olingan materiallarni tarqatish, ko‘paytirish, nusxa ko‘chirish, chop etish va ulardan foydalanish huquqiga ega. Tashkilotchilar va hamkorlar, o‘zlari tomonidan, o‘z nashrlarida material muallifini ko‘rsatish majburiyatini zimmalariga oladilar.