Tavsif
Universität Hamburg degree completion grant -Germaniyadagi eng nufuzli oliygohlardan biri hisoblangan Gamburg universitetini ortiqcha xarajatlarsiz tamomlashga yordam beruvchi dastur. Dastur xalqaro talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, nomzodlar Germaniya fuqarosi hisoblanmaslik bilan birga, oʻquv bosqichining oxirgi yilida oʻqiyotgan hamda yakuniy imtihonlar uchun tayyorlanayotgan, shuningdek, moliyaviy ehtiyojmand boʻlishlari lozim.
Imtiyoz 6 oy (muddat uzaytirilishi mumkin) uchun amal qiladi hamda talabani €855 gacha mablagʻ bilan qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi.
Dastur bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.