Xanns Zaydel jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan haq toʻlanadigan 6 oylik amaliyot dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
14 Apr, 2024 · Muddat tugagan

Xanns Zaydel jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan haq toʻlanadigan 6 oylik amaliyot dasturi

Amaliyot Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Xanns Zaydel jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi nemis tilini kamida B2 darajada biluvchi bakalavriatning soʻnggi bosqichida tahsil olayotgan yoki magistratura bosqichi talabalari uchun amaliyot dasturini eʼlon qiladi. Dasturda ishtirok etish uchun oʻzbek va rus tillarida ham erkin muloqot qila olish, shuningdek, Microsoft Office dasturlarida erkin ishlay olish zarur. Amaliyot 6 oy davom etib, kuniga 4 soatdan haftada 5 kun ishlash soʻradi. Bu vaqt mobaynida ishtirokchiga haq toʻlanadi va ushbu sohada tajriba oshirish imkoniga ega boʻladi.

Arizalarni qabul qilish jarayoni 2024-yil 15-aprelgacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dastur qatnashchilariga quyidagi talablar qoʻyilgan:

  • Bakalavrning oxirgi/oxirgidan bitta oldingi kursida magistraturada oʻqiyotgan boʻlishlari;
  • Nemis tilini kamida B2 darajada bilishlari;
  • Muloqot va yozishmalar uchun oʻzbek va rus tillarini yetarli darajada bilishlari;
  • Kompyuterdan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishlari (Microsoft Office dasturlari, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish);
  • Oʻrganish va izlanishga ishtiyoqli boʻlish, erkin fikrlash, zehnli boʻlish, yangi fikr va gʻoyalarga ega boʻlish.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali tomonlari mavjud:

  • Amaliyot 6 oy davom etadi va ushbu muddatda qatnashchiga haq toʻlanadi;
  • Ish vaqti uzoq davom etmaydi (haftasiga 5 kun, 4 soatdan);
  • Dastur sohada tajriba oshirish hamda CV ni boyitishga xizmat qiladi.

Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Amaliyotda qatnashish uchun nemis tilida yozilgan CV ni“Amaliyotchi” mavzusi ostida 2024-yil 15-aprelga qadar Dustov-J@hss.de elektron manziliga joʻnatish lozim.

Eslatma! CV nemis tilida yozilgan boʻlishi shart.

Qo'shimcha ma'lumot

Xanns Zaydel jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi telegram kanalini ushbu havola orqali topish mumkin.

Maʼlumot uchun:

E-manzil: Usbekistan@hss.de;

Tel: +998908303073 (faqat ish vaqtida bogʻlanish mumkin).

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Nemis tili, Rus tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Xanns Zaydel jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan haq toʻlanadigan 6 oylik amaliyot dasturi
14 Apr, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.