Xitoy davlatining eng nufuzli universiteti, Tsinghua Universitetida magistr darajasida o’qish uchun grant dasturi. G’oliblar xarajatlari to’liq qoplanadi hamda oylik $3,500 stipendiya beriladi
Xitoy Xitoy
21 Sen, 2021 · Muddat tugagan

Xitoy davlatining eng nufuzli universiteti, Tsinghua Universitetida magistr darajasida o’qish uchun grant dasturi. G’oliblar xarajatlari to’liq qoplanadi hamda oylik $3,500 stipendiya beriladi

Magistratura To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Schwarzman Scholars - Xitoyning Pekin shahridagi Tsinghua Universitetida to'liq moliyalashtirilgan, bir yillik magistrlik darajasida o'qishga imkon beruvchi yetakchilik dasturi. Dastur yuragini dunyoga taniqli insonlar bilan ishlash, global masalalarni qat'iy va innovatsion tarzda hal qilishni o'rganish hamda Xitoy madaniyati va tijorati bilan tanishish tashkil qiladi.

Schwarzman Scholars - bu 21-asrning geosiyosiy manzarasiga javob berish uchun yaratilgan birinchi stipendiya. Xitoyning global tendentsiyalardagi o'rni tobora o'sib borar ekan, har qanday sohada bo'lajak yetakchilarning muvaffaqiyati mamlakat va uning madaniyatini chuqur anglashiga bog'liq. Schwarzman Scholars - bu Xitoy va butun dunyo o'rtasida o'zaro tushunishni chuqurlashtirishga xizmat qiladigan kelajakdagi rahbarlarning global hamjamiyatini barpo etishga mo'ljallangan, Pekin shahri Tsinghua Universitetidagi bir yillik to'liq moliyalashtirilgan magistrlik dasturi. 

Schwarzman Scholars o'quv dasturi talabalarning yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish va ularning Xitoy va global ishlar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishni o'z oldiga maqsad qilgan. Asosiy o'quv dasturidan tashqari, talabalarga akademik tajribalarini individualizatsiya qilish uchun keng tanlov darslari taqdim etiladi. Shuningdek, ular Schwarzman dasturi tajribasining cho'qqisi bo'lgan individual yoki guruhli Capstone loyihasini yakunlaydilar. Dastur yakunida, barcha talabalar Tsinghua universiteti tomonidan taqdim etiladigan Xalqaro masalalar (Global Affairs) bo'yicha magistr darajasiga ega bo'ladilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzodlar dastur boshlanguncha, ya'ni 2022-yil Avgustgacha bakalavr diplomiga ega bo'lishlari kerak. Barcha sohada o'quvchilar hujjat topshira oladi.
  • 18 va 28 yosh oralig'ida bo'lishi
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS minimum 7 yoki TOEFL iBT dan minimum 100 sertifikatiga ega bo'lish kerak.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

Dasturning yuqoridagi talablariga javob beradigan eng munosib nomzodlar quyidagi yo'nalishlar asosida saralab olinadi:

  • Liderlik qobiliyatlari;
  • Namunali xarakter va samimiylik;
  • Akademik yutuqlar va intellektual salohiyat;
  • Empatiya va madaniyatlararo salohiyat
  • Ochiq fikr va ishbilarmonlik ruhi

Imtiyozlar va qulayliklar

  • G'oliblarga oylik $3,500 miqdorda stipendiya to'lanadi;
  • O'qish to'lovidan to'liq ozod qilinadi hamda Xitoyda yashash uchun turar joy bilan ta'minlanadi;
  • Pekinga borish kelish xarajatlari qoplanadi va mamlakat ichida bepul sayohatlar tashkillashtirladi;
  • Tibbiy sug'urta qoplanadi

Topshirish jarayoni

  1. Hujjat topshirish ushbu havola orqali onlayn amalga oshirladi
  2. U yerda quyidagi ma'lumotlar va hujjatlar so'raladi:
    • Shaxsiy ma'lumotlar;
    • O'qishingiz haqida ma'lumotlar;
    • Til bilishingiz darajasi va xalqaro til sertifikatlar (IELTS, TOEFL…);
    • Liderlik qobiliyatlarini ko'rsatuvchi 10 tagacha hujjat;
    • Ish tajribasi;
    • 2 ta essay;
    • 3 ta tavsiyanoma;
    • Qo'shimcha ma'lumotlar
  3. Hujjat topshirish haqida to'liq ma'lumotni ushbu havoladan topishingiz mumkin

Qo'shimcha ma'lumot

Qabul qilish muddati: 2021 yil aprel - 2021 yil sentyabr

G'oliblarni tanlash: 2021 yil noyabr

Dastur boshlanish vaqti: 2022 yil avgust

Dastur haqida tez-tez so'raladigan savollar bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin

Tashkilotchilar bilan bog'lanish: https://www.schwarzmanscholars.org/contact-us/

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Ijtimoiy fanlar, Xalqaro taraqqiyot, Xalqaro aloqalar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 28

Xitoy Xitoy davlatining eng nufuzli universiteti, Tsinghua Universitetida magistr darajasida o’qish uchun grant dasturi. G’oliblar xarajatlari to’liq qoplanadi hamda oylik $3,500 stipendiya beriladi
21 Sen, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.