Tavsif
Xitoyning Jiangsu universiteti bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida oʻqish uchun JSU Presidential Scholarship grant dasturini eʼlon qiladi.
Bakalavr bosqichiga hujjat topshirish uchun nomzodlar 25 yoshdan, magistratura bosqichi uchun 30 yoshdan va doktorantura bosqichi uchun 40 yoshdan yuqori boʻlmasliklari zarur. Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan ingliz tili sertifikati va yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlish soʻraladi. Nomzodlarga talabalar oʻqiyotgan bosqichi va grant kategoriyasiga qarab turlicha miqdorda stipendiya beriladi.
Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 14-iyulgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.