Dasturga roʻyxatdan oʻtish hamda grant boʻyicha muhim sanalar quyidagicha:
2022-yil 1-dekabr-2023-yil 28-fevral:
Universitetga ariza topshirish jarayoni:
Onlayn ariza topshirish tizimiga kirib roʻyxatdan oʻting va ariza topshiring, soʻrovlarga javob yozing, soʻralgan hujjatlarni yuklang;
- Ariza shaxsan ishtirokchining oʻzi tomonidan topshirilishi kerak, aks holda qabul qilinmaydi;
- Ishtirokchilar ushbu grantga ariza topshirish davrida Xitoy hukumati tomonidan eʼlon qilingan boshqa grantlarda qatnasha olmaydilar. Aks holda, ular dasturdan chetlatiladi va uch yil davomida Xitoy davlati dasturlarida qatnasha olmaydilar;
- Soʻralgan hujjatlar xitoy yoki ingliz tiliga notarial tarjima qilingan boʻlishi kerak;
- Ariza davomida topshirilgan barcha hujjatlar aniq, tiniq va tushunarli boʻlishi lozim. Nomzodlar hujjatlarni skaner qilish uchun professional jihozlardan foydalanishlari soʻraladi. Sifatsiz holatda topshirilgan hujjatlar uchun nomzodlarning oʻzlari javobgar boʻladi;
- Ariza topshirib boʻlingandan keyin ariza davomida yozgan e-mail pochtangizni tekshirib turing. Universitet tomonidan soʻralgan hujjatlarni yuklang. Ariza shakli toʻldirilib ariza badal puli toʻlangandan soʻng, jarayon yakunlanadi va koʻrib chiqish jarayoniga oʻtadi.
2023-yil 15-fevral-2023-yil 15-mart:
Grantga ariza topshirish jarayoni:
Universitetga topshirgan arizasi qabul qilingan ishtirokchilarga universitet rasmiy e-mail pochtasi orqali qabul qilinganligi toʻgʻrisida xat joʻnatiladi. Soʻng ushbu havola orqali grant axborot tizimiga kirib soʻralgan hujjatlarni yuklang. Hujjatlar yuklab boʻlingandan soʻng universitetga grant ariza shaklining seriya raqami haqida xabar bering.
- Grant ariza shaklida soʻralgan shaxsiy maʼlumotlarni kiritgandan soʻng, “Category-B” yozuvini tanlang va Dunxua universiteti agentligi 10255, oʻqish boʻyicha rejalaringizni yozing hamda soʻralgan hujjatlarni yuklang. Grantga ariza topshirish davomida badal puli soʻralmaydi;
- Agar seriya raqami vaqtida va toʻgʻri yetkazib berilmasa grant uchun qabul qilinmaslik ehtimoli mavjud;
2023-yil 20-mart- 2023-yil 30-mart:
Universitet tavsiyanomasi
Dunxua universiteti eng maqbul nomzodlarni tanlab oladi va Xitoy hukumat grantiga tavsiya qiladi.
- Tavsiya qilingan nomzodlar koʻrib chiqilishi uchun yana 2 oy kutishga toʻgʻri keladi;
- Agar tavsiya qilingan nomzodlar grant maʼmuriyati tomonidan qabul qilinmasa, ularning ismlari boshqa grantlar uchun koʻrib chiqishi uchun joʻnatiladi (masalan, Shanxay hukumat granti).
2023-yil aprel-2023-yil iyun:
Xitoy hukumat granti koʻrib chiqilish jarayoni
Grant maʼmuriyati nomzodlarning akademik koʻrsatkichlari, qobiliyati, rivojlanish potensiali va shu kabi jihatlarni koʻrib chiqishadi.
2023-yil iyun-2023-yil avgust:
Natijalar eʼlon qilinishi
Dunxua universiteti Xitoy hukumat granti eʼlon qilgan nomzodlar roʻyxatini eʼlon qiladi.
- Nomzodlar eʼlon qilingandan keyin universitet nomzodlarning qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatni taqdim etishadi;
- Xitoy hukumat grantiga qabul qilinmagan nomzodlar boshqa kirish grantlarida ishtirok etishlari mumkin.
2023-yil avgust oxiri va sentyabr boshi:
Universitetda oʻqish boshlash jarayoni
Grant gʻoliblari talaba vizasiga ariza topshirishadi va Dunxua universitetiga kelib roʻyxatdan oʻtish jarayonini yakunlashadi.
Universitetga onlayn ariza topshirish tizimiga ushbu havola orqali kirish mumkin.
Grantga onlayn ariza topshirish tizimiga ushbu havola orqali kirish mumkin.