Xitoyning Fan va texnologiya universitetida bakalavr, magistratura hamda doktorantura bosqichini o'qish uchun to'liq va qisman grantlar
Xitoy Xitoy
14 Fev, 2025 · Muddat tugagan

Xitoyning Fan va texnologiya universitetida bakalavr, magistratura hamda doktorantura bosqichini o'qish uchun to'liq va qisman grantlar

Bakalavr +2 To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Xitoy davlati Fan va texnologiya universitetining xalqaro kolleji bakalavr, magistratura hamda doktorantura bosqichida oʻqish istagida boʻlgan talabalar uchun USTC Fellowship grant dasturini eʼlon qiladi. Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlar Xitoy fuqarosi boʻlmasligi, oʻz pasportiga ega boʻlishi hamda jismonan-aqlan sogʻlom boʻlishi lozim. Shuningdek, ulardan maʼlum bir til va yosh talablariga javob berish hamda oʻzlari tanlagan yoʻnalishdagi USTC kirish imtihonlaridan oʻtish talab qilinadi. Har bir bosqich uchun alohida talablar mavjud. Dastur turlicha moliyalashtirilib, har bir bosqich uchun turlicha, toʻliq va qisman grantlar taqdim etiladi.

Bakalavr bosqichi uchun hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2024-yil 20-oktyabrdan 2025-yil 31-martgacha davom etadi.

Magistratura va doktorantura bosqichi uchun hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2024-yil 20-oktyabrdan 2025-yil 15-fevralgacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Nomzod Xitoy fuqarosi boʻlmasligi, oʻz pasportiga ega boʻlishi hamda jismonan-aqlan sogʻlom boʻlishi lozim;
  • Bakalavr bosqichiga ariza topshirish uchun nomzod 2025-yil 1-sentyabrgacha 30 yoshdan, magistratura va doktorantura USTC Fellowship Level A bosqichlari uchun 35 yoshdan, doktoranturaning USTC Fellowship Level B/C bosqichiga ariza topshirish uchun esa 40 yoshdan oshmagan boʻlishi kerak;
  • Bakalavr bosqichiga ariza topshirayotgan nomzodlar HSK 5, magistratura va doktorantura bosqichi uchun esa HSK 4 daraja sertifikatiga ega boʻlishlari kerak. Ona tilisi xitoy tili boʻlgan yoki oʻrta maktab yoki oliygohda xitoy tilini oʻqiganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim eta oladigan nomzodlar HSK imtihonidan ozod boʻlish uchun ariza topshirishlari mumkin;
  • Dasturga qabul qilinish uchun nomzod USTCning xalqaro talabalar uchun kirish imtihonlaridan oʻtishi kerak boʻladi;
  • Ushbu grantga ega boʻlgan nomzod boshqa grant dasturiga ariza topshira olmaydi.

Dasturning maqbullik shartlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

Dastur  har bir bosqich uchun  turli xil darajada moliyalashtiruvchi grant dasturlarini taqdim qiladi.

Bakalavr dasturi uchun:

1.Level A darajasidagi grantni qo‘lga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:

  • Kontrakt to‘lovidan ozod bo‘ladilar;
  • Tibbiy sug‘urta;
  • Oyiga 2500 RMB ($345) stipendiya;
  • Turar-joy uchun mablag‘  ajratiladi.

2. Level B darajasidagi grantni qo‘lga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:

  • Kontrakt to‘lovidan ozod bo‘ladilar.

Magistratura uchun:

1.Level A darajasidagi grantni qo‘lga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:

  • Kontrakt to‘lovidan ozod bo‘ladilar;
  • Tibbiy sug‘urta;
  • Oyiga 3000 RMB ($414) stipendiya;
  • Turar-joy uchun mablag‘  ajratiladi.

2. Level B darajasidagi grantni qo‘lga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:

  • Kontrakt to‘lovidan ozod bo‘ladilar.
  • O ‘qitish va tadqiqot ishlarida assistentlik  qilgan talabalar ish haqi olishlari mumkin.

Doktorantura uchun:

  1. Level A darajasidagi grantni qo‘lga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:
  • Kontrakt to‘lovidan ozod bo‘ladilar;
  • Tibbiy sug‘urta;
  • Oyiga 7000 RMB ($967) stipendiya;

2. Level B darajasidagi grantni qo‘lga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:

  • Kontrakt to‘lovidan ozod bo‘ladilar;
  • Tibbiy sug‘urta;
  • Oyiga 3500 RMB ($483) stipendiya;
  • Turar-joy uchun mablag‘  ajratiladi.

3.Level C darajasidagi grantni qo‘lga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:

  • Kontrakt to‘lovidan ozod bo‘ladilar.
  • O‘qitish va tadqiqot ishlarida assistentlik  qilgan talabalar ish haqi olishlari mumkin.

Nomzodlar ariza to‘ldirayotganlarida istagan grant turini  tanlab, bir vaqtning o‘zida bir daraja yoki ikki daraja uchun ariza topshirishlari mumkin. Har bir nomzod  faqat bitta  grant dasturiga qabul qilinadilar. 

Dastur imkoniyatlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Bakalavr bosqichi uchun hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2024-yil 20-oktyabrdan 2025-yil 31-martgacha davom etadi.

Magistratura va doktorantura bosqichi uchun hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2024-yil 20-oktyabrdan 2025-yil 15-fevralgacha davom etadi.

Hujjat topshirishda quyidagi hujjatlar soʻraladi:

  • Pasport nusxasi (amal qilish muddatiga kamida bir yil qolgan boʻlishi kerak);
  • CV;
  • Xitoy tilida oʻqitiladigan dasturlarga topshiradigan nomzodlar HSK sertifikatining nusxasi (kamida 4-daraja) yoki xitoy tilini bilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etishlari kerak. Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarga topshiradigan nomzodlar IELTS yoki TOEFL sertifikatining nusxasi yoki ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etishlari kerak;
  • Nomzodning sogʻlomligi haqidagi tibbiy maʼlumotnoma;
  • Ikkita tavsiyanoma (telefon raqami va elektron pochta manzillari bilan);
  • Bakalavr bosqichining 2025-yil 1-sentyabrgacha 18 yoshga toʻlmagan nomzodlari vasiylik bayonotini taqdim etishlari kerak;
  • Chet el fuqarosining jismoniy imtihon shakli (III-ilova);
  • Shuningdek, nomzodlar ushbu hujjatlarni notarial tasdiqlangan ingliz tilidagi tarjimalari bilan topshirishlari kerak:

-Doktorantura bosqichi uchun: Bakalavr va magistratura diplomi hamda ilovasi;

-Magistratura bosqichi uchun: Bakalavr diplomi va ilovasi;

-Bakalavr bosqichi uchun: Oʻrta maktab attestati va ilovasi.

  • Agar nomzodlar oliy oʻquv yurti talabalari boʻlsa, ular talabalik maqomi va diplomlarini qachon olishini aniq koʻrsatuvchi rasmiy hujjatlarni taqdim etishlari kerak;
  • Agar nomzodlar oʻqishni tugatgan boʻlsa-da, lekin diplomlarini olmagan boʻlsa, buning sabablarini tushuntiruvchi va diplomlarini qachon olishlari aniq koʻrsatilgan rasmiy hujjatlarni taqdim etishlari kerak;

Hozirda Xitoydagi biron bir universitet/institutda doktorlik darajasini olayotgan abituriyentlar doktorlik dasturlari uchun USTC A darajasidagi grant dasturiga topshira olmaydilar.

Dasturga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtiladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura, PhD

  • Soha

    Biznes boshqaruvi, Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya, Atrof-muhit va Geologiya fanlari, Tabiiy fanlar va matematika

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Xitoy tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 40

  • Jins

    Erkak, Ayol

Xitoy Xitoyning Fan va texnologiya universitetida bakalavr, magistratura hamda doktorantura bosqichini o'qish uchun to'liq va qisman grantlar
14 Fev, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.