Xitoyning Pekin shahrida barcha xarajatlari qoplanuvchi 3 kunlik xalqaro Yenching Global Simpozium dasturi
Xitoy Xitoy
04 Yan, 2026 · Muddat tugagan

Xitoyning Pekin shahrida barcha xarajatlari qoplanuvchi 3 kunlik xalqaro Yenching Global Simpozium dasturi

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Yenching Global Symposium (YGS) — dunyodagi eng nufuzli anjumanlardan biri. Har yili bahorda oʻtkaziladigan simpozium global hamda Xitoy bilan bogʻliq dolzarb mavzularda qiziqarli muhokamalari va interfaol sessiyalar boʻlib oʻtadi. Har yili simpoziumda taniqli xitoy va xalqaro maʼruzachilar, jumladan, mashhur olimlar, taniqli ofitserlar va yetakchi mutaxassislar ishtirok etadilar. Bugungi yetakchilar oʻz tushunchalarini butun dunyo boʻylab Xitoyga boʻlgan ishtiyoqi bilan talabalar va yosh mutaxassislar bilan oʻrtoqlashadilar.

Yenching Global Symposium 2026 turli geografik mintaqalar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish, jamoalar oʻrtasida oʻzaro aloqalarni yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi. Bu yilgi mavsum 2026-yil 16-19-aprel kunlari Xitoyning poytaxti Pekin shahrida boʻlib oʻtadi. 

Dasturning asosiy mavzusi: Harnessing Momentum: The Power to Act in a Changing World”.

Dastur ingliz tilida boʻlib oʻtadi, baʼzi mehmonlar xitoy tilida nutq soʻzlashi mumkin, lekin inglizcha sinxron tarjimasi berib boriladi. Yenching Akademiyasi tomonidan oʻtkazilgan avvalgi tadbirlar qanday boʻlib oʻtgani haqida ushbu havola orqali bilib olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzod 1995-yil maydan keyin tugʻilgan boʻlishi kerak;
  • Ariza topshirish vaqtida istalgan soha boʻyicha kamida bakalavr darajasiga ega boʻlishi lozim yoki oxirgi kursda o’qiyotgan bo’lishi kerak;
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishi shart;
  • 2026-yil 16-19-aprel kunlari simpoziumda toʻliq ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim;
  • Avval Yenching Global Simpozium yoki Yenching Ijtimoiy Innovatsiya Forumlarida qatnashmagan boʻlishi lozim.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Yenching Global Simpoziumida butun dunyo boʻylab 200 nafar delegat qatnashadi. Ishtirokchilarning dastur bilan bogʻliq barcha xarajatlari toʻliq moliyalashtiriladi, jumladan:

  • Xalqaro aviachipta xarajatlari qoplanadi;
  • Bepul turarjoy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Eslatma: dastur tashkilotchilari viza masalalari boʻyicha elchixonaga taklif xati yuborish majburiyatini boʻyniga olmaydi, viza bogʻliq jarayonlar ishtirokchi tomonidan hal qilinishi lozim. 

Dastur imkoniyatlari bilan batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Yenching Global Simpozium 2026 uchun ariza topshirish quyidagi boʻlimlardan iborat:

  • Dastur talablari;
  • Shaxsiy maʼlumotlar va aloqa maʼlumotlari;
  • Taʼlim faoliyati haqida maʼlumotlar;
  • Kasbiy tajribaga doir maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);
  • Simpozium haqida maʼlumot;
  • Til sertifikati (talab etilgan darajaga toʻgʻri kelmasa ham va muddati oʻtgan bo'lsa ham yuklanishi tavsiya etiladi)
  • CV;
  • Qisqa insho savollari. Insholar maksimum 300 soʻzdan iborat boʻlishi shart.

Dasturga ushbu havola orqali onlayn ariza topshirish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Dasturga ariza topshirishning oxirgi muddati quyidagicha: 

  • Erta qabul uchun: 22-dekabr, 2025-yil;
  • Doimiy qabul uchun: 5-yanvar, 2026-yil. 

Ariza topshirish boʻyicha maslahatlar:

  • Javoblarni maʼlumot uchun word hujjatida saqlash lozim. Onlayn ariza topshirish sahifasida qoralamalar saqlanmaydi. Barcha javoblar toʻldirilgandan keyin toʻliq arizani yuborish kerak;
  • Har bir insho maksimal 300 soʻzdan iborat boʻlishi kerak;
  • Tugallanmagan va/yoki kechikib yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi;
  • Til bilish sertifikatlari yuklanishi shart. Kamida IELTS 7, TOEFL 100, Cambridge 180, CEFR C1 daraja talab etiladi. Skrinshotlar ham qabul qilinadi;
  • Dastur toʻliq moliyalashtiriladi (aviachipta, turar joy va ovqatlanish simpozium tashkilotchilari tomonidan qoplanadi). Agar ariza topshirilgandan soʻng toʻlov qilish kerakligi soʻralgan elektron xatlar yoki xabarlar kelsa, bu firibgarlik boʻlishi mumkin;
  • Shuni yodda tutingki, dastur viza uchun shtrix kodlari boʻlgan taklif xatlari joʻnatmaydi. 

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar 2026-yil mart oyi boshlarida xabardor qilinadi. Dastur boʻyicha eng koʻp berilgan savollar va ularning javobi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: delegates@yenchingglobalsymposium.com 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Xitoy Xitoyning Pekin shahrida barcha xarajatlari qoplanuvchi 3 kunlik xalqaro Yenching Global Simpozium dasturi
04 Yan, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.