Tavsif
Xitoyning Zhengzhou universiteti yuqori akademik yutuqqa erishgan xalqaro talabalarga PhD bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish uchun 4 yillik President Scholarship grantini taqdim qiladi. Ushbu grant xalqaro almashinuv va hamkorlikni kuchaytirish hamda xalqaro talabalarni Zhengzhou universitetida oʻqishga jalb qilish maqsadida tashkil qilingan. Dastur deyarli barcha yoʻnalishlar uchun grant taqdim qiladi.
Ingliz tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar:
- World History (Middle East History);
- Information and Communication Engineering;
- Software Engineering;
- Civil Engineering;
- Pharmaceutical Engineering;
- Chemical Engineering;
- Chemical Technology;
- Chemical Process Equipment;
- Industrial Catalysis;
- Applied Chemistry;
- Biochemical Engineering;
- Bioinformatics;
- Molecular Pharmacology;
- Medical Neurobiology;
- Forensic Medicine;
- Pathogeny Biology;
- Pathology and Pathophysiology;
- Pediatrics;
- Internal Medicine.
Xitoy tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar:
- Chinese Classical Philology;
- Public Communication;
- World History(Middle East History);
- World History(Vietnam History);
- Chinese History(The History of Ming and Qing Dynasties);
- Archaeology;
- Science of Public Management;
- Constitutional Law and Administrative Law;
- Civil Law and Commercial Law;
- Educational Economics and Management(Educational Management);
- Ideological and Political Education;
- Study of Sinicization of Marxism;
- Basic Principles of Marxism;
- Chinese Classical Philology;
- Basic Mathematics;
- Applied Mathematics;
- Probability and Mathematical Statistics;
- Computational Mathematics;
- Operational Research and Cybernetics;
- Optics.
Maʼlumot uchun: Zhengzhou universiteti Xitoy Xalq Respublikasining Xenan provinsiyasida joylashgan davlat universitetidir. Ushbu universitet talabalar soni boʻyicha Xitoyning eng yirik universiteti hisoblanadi. Kampusining maydoni 433 gektar boʻlib, kattaligi boʻyicha Xitoyda oʻninchi oʻrinda turadi.
Grant haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.