Xotin-qizlar uchun zamonaviy IT kasblarini bepul oʻrgatuvchi 200 oʻrinli “Digital Girls” dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
29 Avg, 2024 · Muddat tugagan

Xotin-qizlar uchun zamonaviy IT kasblarini bepul oʻrgatuvchi 200 oʻrinli “Digital Girls” dasturi

Kurslar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Qizlarga kelajak kasblari asoslarini oʻrgatish maqsadida Digital City texnoparki USAID koʻmagi bilan amalga oshirilayotgan “Digital Girls” loyihasi 4-bosqichiga start beradi. Dasturda Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi, 16 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan ayol-qizlar ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlar quyidagi yoʻnalishlardan birini tanlab maxsus bot orqali onlayn ariza topshirishlari kerak boʻladi:

-SMM va Raqamli marketing;

-Grafik dizayn (UI/UX);

-3D dizayn;

-Frontend dasturlash;

-Logistika;

-HR (Rekruting).

Ushbu grant 200 nafar xotin-qizlarga taqdim etiladi, nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi. Kurslarni oflayn shaklda Andijon shahrida, bunday imkoniyat boʻlmagan taqdirda onlayn shaklda oʻqish mumkin. Loyiha davomiyligi tanlangan yoʻnalish turiga qarab 1,5 oydan 5 oygacha davom etadi. Saralab olingan ishtirokchilar kurslarda bepul tahsil olish, noyob tajribaga ega boʻlish va IT sohasidagi imkoniyatlarini oshirish imkoniga ega boʻladi.

Ishtirok etish uchun arizalar 2024 yil 30-avgustgacha qabul qilinadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Dasturda Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan ayol-qizlar ishtirok etishlari mumkin;
  • Nomzodlar 16-35 yosh oraligʻida boʻlishi lozim;
  • Nomzodlar loyihada Andijon shahrida boʻladigan oflayn yoki onlayn kurslarda toʻliq qatnasha olish imkoniga ega boʻlishlari kerak;
  • Loyihada IT sohasiga qiziquvchi va shu sohada oʻz salohiyatini namoyon qila oladigan xotin-qizlar ishtirok etishlari lozim.

Dastur talablari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali tomonlari mavjud:

  • Saralab olingan nomzodlar oʻzlari tanlagan kurslarda bepul tahsil olish imkonini qoʻlga kiritadi;
  • Dastur davomida ishtirokchilarda oʻz tengdoshlari, soha mutaxassislari bilan tanishish va tajriba oshirish uchun noyob imkoniyat paydo boʻladi;
  • Dasturda ishtirok etish qatnashchilarning IT sohasidagi tajribasini oshiradi;
  • Ishtirokchilarning CV va karyerasi uchun yuqori ahamiyat kasb etadi;
  • Loyiha amaliyot va raqamli texnologiyalar dunyosida oʻz portfoliosini yaratish imkoniyatini taklif etadi.

Eslatma! Loyiha Andijon shahrida boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar turar-joy bilan taʼminlanmaydi. Andijon shahriga kelib qatnasha olmaydigan nomzodlar kurslarni onlayn oʻqish imkoniga ega.

Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga arizalar maxsus bot orqali topshiriladi. Barcha maʼlumotlar bot soʻragan ketma-ketlikda kiritilishi lozim. Tugʻilgan yil va kunni ushbu shaklda yozish kerak: Yil-oy-kun (masalan, 2024-08-26).

Dasturga qabul jarayoni 2024 yil 30-avgustgacha davom etadi.

Ariza topshirish uchun maxsus botni ushbu havola orqali topish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16, Max: 35

  • Jins

    Ayol

O‘zbekiston Xotin-qizlar uchun zamonaviy IT kasblarini bepul oʻrgatuvchi 200 oʻrinli “Digital Girls” dasturi
29 Avg, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.