Tavsif
Mudofaa vazirligi 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Urush xotiralarida” nomli ijodiy ishlar koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov Ikkinchi jahon urushi maydonlarida hamda mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat koʻrsatgan barcha yurtdoshlarimizga hurmat va ehtirom koʻrsatish, ularning nomlarini abadiylashtirish, oʻzbek xalqining buyuk gʻalabaga qoʻshgan hissasini keng miqyosda yoritish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, urush asoratlarini unutmaslikka chorlash maqsadida oʻtkazilmoqda.
Tanlov ijodning quyidagi yoʻnalishlarida oʻtkaziladi:
- Rangtasvir;
- Grafika;
- Haykaltaroshlik;
- Xalq amaliy sanʼati;
- Bayon;
- Insho;
- Esse;
- Hikoyalar.
Tanlovda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari, talabalar, oʻqituvchilar, sanʼat maktabi oʻqituvchilari va boshqa qator madaniyat uyushmalari aʼzolari qatnashishi mumkin.
Tanlovga topshirilgan ishlar “Shon-sharaf muzeyi”dagi eksponatlar asosida kelgusida yaratilishi rejalashtirilgan “Xotiralardan oʻrin olgan tarix” kitobidan joy olishi koʻzda tutilgan.