Tavsif
Yandex kompaniyasi dasturlash sohasining 6 yo’nalishi bo’yicha havaskor va kuchli dasturchilar uchun ochiq onlayn tanlov e’lon qiladi. Tanlov dasturlashning 6 sohasida (Front-End, Back-End, Mobile Development, Analytics, Algorithm, Machine Learning) ish yurituvchilar uchun 300,000 ₽ (taxminan 4000$) gacha pul mukofoti yutib olish imkoniyatini beradi.
Bu ochiq onlayn tanlov bo'lib, dunyo bo’ylab professional dasturchilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash va eng kuchli dasturchilarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan.