Yangi biznes gʻoyaga ega boʻlgan yoshlar uchun “ChangeMakers Seed Funding 2022” tanlovida qatnashib $1000 miqdorida grant yutib olish imkoniyati
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
30 Dek, 2021 · Muddat tugagan

Yangi biznes gʻoyaga ega boʻlgan yoshlar uchun “ChangeMakers Seed Funding 2022” tanlovida qatnashib $1000 miqdorida grant yutib olish imkoniyati

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Butun dunyo boʻylab yangi biznes gʻoyaga ega boʻlganlarni qoʻllab quvvatlash uchun StartupXS tashkiloti tomonidan ChangeMakers Seed Funding 2022” tanlovi eʼlon qilindi.

Ushbu tanlovda jamiyati rivoji uchun xizmat qiladigan, innovatsiyaga asoslangan loyihaga ega boʻlgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin. Dasturda jamoa tarzida yoki yakka tartibda ishtirok etish mumkin. Dasturda yoshlar va oʻrta yoshli shaxslar ishtiroki qoʻllab-quvvatlanadi.

Avvalgi yillarda ushbu dastur boʻyicha gʻolib boʻlganlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Tanlovda 18-35 yoshdagi oʻz biznes gʻoyasiga ega yoki yaqin 5 yil ichida oʻz biznesini boshlagan nomzodlar ishtirok etishi mumkin;
  • Loyihalar nomzod jamiyati rivojiga hissa qoʻshishi va innovatsiyaga asoslangan boʻlishi kerak.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Gʻolib boʻlgan loyiha tashkilotchisi $1000 miqdoridagi grantga ega boʻladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar onlayn roʻyxat oʻtishlari va oʻz loyihalarini taqdim etishlari kerak.

Loyihaga qoʻyilgan talablar:

  • Gʻoyalar soʻnggi 5 yil ichida tashkil etilgan boʻlishi kerak;
  • Loyiha ingliz tilida, moliyaviy xarajatlari bilan batafsil yozilgan boʻlishi kerak;
  • Loyiha WORD yoki PDF shaklda, iloji boricha qisqa qilib bayon etilishi kerak.

Email orqali yuborilgan yoki kechiktirilgan arizalar qabul qilinmaydi.

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlov natijalari 2022-yil 31-yanvarda @StartupXsning rasmiy Facebook sahifasida eʼlon qilinadi.

Tanlov qoidalari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha savollar ushbu havola orqali berilishi mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Yangi biznes gʻoyaga ega boʻlgan yoshlar uchun “ChangeMakers Seed Funding 2022” tanlovida qatnashib $1000 miqdorida grant yutib olish imkoniyati
30 Dek, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.