Yangi biznes gʻoyalarni yaratib, rivojlantirish ustida ishlayotgan startaperlar uchun Techstars Seattle akselerator dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
26 Iyl, 2022 · Muddat tugagan

Yangi biznes gʻoyalarni yaratib, rivojlantirish ustida ishlayotgan startaperlar uchun Techstars Seattle akselerator dasturi

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Startap loyihaga ega va loyihalarini rivojlantirish ustida ishlayotgan innovatorlar uchun Techstars akselerator dasturi tomonidan bepul onlayn kurslarda ishtirok etish imkoniyati.

Dastur startaperlarga oʻz loyihalarini rivojlantirish va investitsiya jalb qila olish imkoniyatini beradi. Shuningdek, darslar davomida shu sohadagi eng tajribalari mutaxassislar, investorlar va boshqa loyiha asoschilari bilan netvorking qilish mumkin.

Shuningdek, dastur tomonidan startap loyihalarini endigina boshlagan va qandaydir muammolarga duch kelayotganlar uchun ushbu havola orqali yordam beriladi.

Arizalar 2022-yil 27-iyul kuniga qadar qabul qilinadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Yoshidan qat'i nazar startap loyihaga ega va uni rivojlantirish ustida ishlayotgan barcha innovatorlar kursda qatnashishlari mumkin;
  • Ariza topshirish davomida startap jamoa a'zolari o'zlari haqida va qanday loyihani amalga oshirayotganliklari haqida video tayyorlab yuborishlari so'raladi;
  • Kurslar toʻliq ingliz tilida olib borilganligi sababli ishtirokchilar ingliz tilini yozma va og'zaki darajada yaxshi bilishlari kerak.

Dastur haqida toʻliq maʼlumot ushbu havolada berilgan.

Imtiyozlar va qulayliklar

Kursga qatnashish orqali quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlish mumkin:

  • Techstars resurslaridan doimiy foydalanish;
  • 90 kunlik dastur davomida Techstars  mentorlari bilan shaxsan yoki onlayn suhbatlashib maslahat olish imkoniyati;
  • 10 000 dan ortiq mentorlar, 10 000 investorlar, 1 600 bitiruvchi kompaniyalar va 200 dan ortiq xodimlardan iborat Techstars global tadbirkorlik tarmogʻiga kirish uchun doimiy aʼzolik;
  • 400 ming dollardan ortiq qiymatga ega boʻlgan hosting, buxgalteriya hisobi va yuridik yordam, shuningdek, 1 million dollardan ortiq qiymatdagi kredit va imtiyozlardan foydalanish imkoniyati;
  • Loyihalarini taqdim etish (Demo Day) va investorlar bilan netvorking qilish.

Dasturning boshqa qoʻshimcha imtiyozlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza yuborishda oldin bir-nechta bosqichlar bilan batafsil tanishib chiqish soʻraladi:

  1. Biznes gʻoya yoki amalga oshirilayotgan loyiha uchun aynan qaysi akselerator dasturining toʻgʻri kelishi;
  2. Taqdim etilayotgan loyiha qaysi bosqichda boʻlishi va jamoa aʼzolari, loyiha qanday amaliy natijalarga olib kelishi haqida maʼlumotga ega boʻlishi;
  3. Ariza topshirishdan oldin, onlayn maslahatolish uchun uchrashuvlarda qatnashib koʻrish mumkin. Uchrashuvlar jadvali bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin;
  4. Arizalarni topshirish va intervyu bosqichi qanday boʻlishi haqida ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin. Arizalar yiliga 6 marta qabul qilinadi va yuqorida berilgan havolada intervyu bosqichida qanday savollar berilishi loyiha haqida aynan nimalar soʻralishi haqida batafsil berilgan;
  5. Uch oy davom etadigan dastur orqali ishtirokchilar qanday bilim va tajribalarga ega boʻlishlari. Har bir oyda oʻtiladigan amaliy mavzular haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumotga ega boʻlish mumkin.

Yuqoridagi barcha maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqilgach bosqichma-bosqich hujjatlarni yuboriladi.

  • Dastlab, elektron pochta yoki google akkount orqali roʻyxatdan oʻtiladi;
  • Roʻyxatdan oʻtib boʻlgach ushbu havola orqali uch bosqichda ariza shakli toʻldiriladi;
  • Ariza shaklida ushbu savollarga batafsil javob yozish soʻraladi;
  • Ariza topshirishda qandaydir texnik muammolarga duch kelinsa info@techstars.com elektron pochta manziliga murojaat qilish mumkin;
  • Arizalarni qabul qilish 2022-yil 27-iyulga qadar davom etadi.

Natijalar haqida:

  • 2022-yil 31-oktyabrgacha javoblar eʼlon qilinadi va shu kuni kurs boshlanadi;
  • 2023-yil 9-fevralda Demo Day boʻlib oʻtadi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Qoʻshimcha savollarni help@techstars.com elektron pochta manziliga yuborish mumkin;
  • Eng koʻp soʻraladigan savollar — FAQʼs bilan tanishib chiqish.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Yangi biznes gʻoyalarni yaratib, rivojlantirish ustida ishlayotgan startaperlar uchun Techstars Seattle akselerator dasturi
26 Iyl, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.