Tavsif
Yangi Oʻzbekiston universitetida AI yordamida ishlaydigan EdTech yechim yaratishga qaratilgan 2 kunlik xakaton taqdim etiladi.
Mazkur dastur doirasida ishtirokchilar jamoalar bilan ishlagan holda sunʼiy intellekt asosidagi taʼlim texnologiyalari yechimlarini ishlab chiqadi va oʻz gʻoyalarini amaliy mahsulot darajasiga olib chiqish ustida ishlaydi.
Dastur taʼlim sohasida innovatsion mahsulot yaratishni istagan yoshlar uchun muhim amaliy maydon boʻlib xizmat qiladi.
Xakaton yoʻnalishlari:
- Corporate Education;
- Public and Higher Education;
- General Education.
Xakaton 2026-yil 23–24-may kunlari Yangi Oʻzbekiston universitetida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Yaratilgan yechimlar taqdimot koʻrinishida 2026-yil 24-may 14:30 da maxsus dashboard orqali topshiriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.