Tavsif
Mustaqillikning oʻttiz yillik bayramiga bagʻishlab, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi ijtimoiy reklama” nominatsiyalari boʻyicha oʻtkaziladi. Unda ishtirok etuvchilarning yoshi va kasb sohalari chegaralanmagan. Koʻrik-tanlov bir bosqichdan iborat.
Taqdim etilgan materiallar hakamlar hayʼati tomonidan tashkilotchilar tasdiqlagan Nizom asosida koʻrib chiqiladi va har uch yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi. Gʻoliblar quyidagi tartibda ragʻbatlantiriladi:
1-oʻrin sohibiga 10 (oʻn) million soʻm;
2-oʻrin sohibiga 8 (sakkiz) million soʻm;
3-oʻrin sohibiga 5 (besh) million soʻm.
Shuningdek, nominatsiyalar boʻyicha ragʻbatlantiruvchi mukofotlar ham topshiriladi.