Tavsif
Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Madaniyat boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, viloyat Yozuvchilar uyushmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati hokimi mukofoti uchun ʼʼYangi Oʻzbekistonda yangi ovozlarʼʼ viloyat koʻrik-tanlovi eʼlon qilinadi.
Tanlov yoʻnalishlari:
- Eng yaxshi milliy maqom ijrochisi;
- Eng yaxshi folklyor (lapar, oʻlan, jirov, oqin, baxshichilik) ijrochiligi;
- Milliy estrada yoʻnalishidagi eng yaxshi qoʻshiq ijrochisi;
- Qoʻshiq uchun yozilgan eng yaxshi sheʼr;
- Qoʻshiq uchun yozilgan eng yaxshi musiqa.
Tanlovda beshta yoʻnalish boʻyicha 1,2,3- oʻrin egalari aniqlanadi va bosh sovrin 5 million soʻmni tashkil etadi.