Yangi Zelandiyaning Auckland universitetida magistratura bosqichini o'qish uchun yillik $20,000 stipendiya beruvchi grant dasturi
Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya
30 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Yangi Zelandiyaning Auckland universitetida magistratura bosqichini o'qish uchun yillik $20,000 stipendiya beruvchi grant dasturi

Magistratura To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Yangi Zelandiyaning University of Auckland oliygohi chet ellik har tomonlama faol talabalarni ushbu universitetning magistratura bosqichida oʻqishga ruhlantirish maqsadida School of Medical Sciences International Masters Scholarship grant dasturini tashkil etgan. 

Dasturda Master of Biomedical Science, Master of Science in Pharmacology, Master of Science in Physiology yoʻnalishlarida oʻqishni rejalashtirgan, qolaversa, yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlgan talabalar ariza berishlari mumkin. Eng munosib deb topilgan 5 nafar talabaga grant taqdim etiladi. Dastur tanlangan yoʻnalishga qarab 1 yoki 2 yil davom etadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod Yangi Zelandiya yoki Avstraliya fuqarosi boʻlmasligi kerak;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (IELTS minimum 6.5);
  • Oʻz sohasi boʻyicha bakalavr darajasini yakunlagan boʻlishi lozim;
  • Auckland universitetida Master of Biomedical Science, Master of Science in Pharmacology, Master of Science in Physiology yoʻnalishlaridan birida oʻqishga hujjat topshirgan boʻlishi va qabul qilingan boʻlishi shart;
  • Akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlishi kerak. GPA/GPE boʻyicha kamida 7.00 koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.

Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Grant sohiblari 1 yoki 2 yil davomida kontrakt toʻlovi uchun yillik $20,000 stipendiya bilan taʼminlanadilar;
  • Har yili 5 nafargacha talaba grant bilan mukofotlanadi.

Topshirish jarayoni

Dasturga qabul odatda ariza topshirishning soʻnggi kunidan (1-dekabr) 6 hafta oldin boshlanadi.

Kerakli hujjatlar:

  • CV/Tarjimayi hol;
  • Bakalavr diplomi va baholari (inglizcha tarjimasi bilan);
  • Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat:
    • IETLS 6.5. Har bir boʻlim kamida 6.0 boʻlishi kerak;
    • TOEFL iBT 90, writing boʻlimi 21 balldan kam boʻlmasligi kerak.
  • Tavsiyanoma va boshqalar.

Universitetga ariza topshirishda kerak boʻladigan hujjatlar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olishingiz mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Tibbiyot va sogʻliqni saqlash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6.5

Yangi Zelandiya Yangi Zelandiyaning Auckland universitetida magistratura bosqichini o'qish uchun yillik $20,000 stipendiya beruvchi grant dasturi
30 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.