Tavsif
The University of Waikato International Excellence Scholarship dasturi 2015-yilda tashkil etilgan. Ushbu dastur xalqaro munosabatlarni rivojlantirish va qobiliyatli xalqaro talabalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkillashtirilgan boʻlib, nomzodlarga Yangi Zelandiyaning Waikato universitetida bakalavr va magistratura bosqichida oʻqish imkonini beradi. Grant uchun ajratilgan mablagʻ magistratura bosqichi talabalari uchun 15,000 dollar va bakalavr bosqichi talabalari uchun esa 10,000 dollar miqdorigacha boʻlib, moliyalashtirish miqdori talabalarning taʼlim yili va bosqichiga qarab farq qiladi. Grant tomonidan ajratilgan mablagʻ faqatgina kontrakt pulini toʻlab berish uchun foydalaniladi va uni boshqa maqsadda ishlatish mumkin emas. Muvaffaqiyatli talabalar universitetning xalqaro vakillariga ham aylanishlari mumkin.
Nomzodlar akademik koʻrsatkichlariga qarab saralab olinadi. Dasturga istalgan vaqtda ariza topshirish mumkin. Grantga ariza topshirish uchun dastavval Waikato universitetiga oʻqishga qabul qilinish va universitet talablaridan oʻtish lozim.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.