Tavsif
Yaponiyaning Honjo International Scholarship Foundation stipendiyasi har yili Yaponiyadagi universitetlarda magistratura yoki doktorantura/PhD darajasida oʻqimoqchi boʻlgan xalqaro talabalarga taqdim etiladi. Yaponiya fuqarosi boʻlmagan istalgan nomzod hujjat topshirishi mumkin.
Nomzodlar yapon yoki ingliz tilida tahsil olishi mumkin, ammo suhbat faqatgina yapon tilida o’tkaziladi.
Stipendiya jamgʻarma tomonidan talaba oʻqishni tamomlaguniga qadar oylik stipendiya koʻrinishida taqdim etiladi. Undan tashqari, stipendiatning xalqaro konferensiyada qatnashishi uchun yoʻl xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
Dasturga ariza topshirish 2025-yilning 31-oktyabriga qadar davom etadi.
Dastur haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali o’qish mumkin.