Tavsif
Matsumae International Foundation(MIF) Research Fellowship Program 2026 - barcha mamlakatlardan PhD darajasiga ega, Yaponiyada tadqiqot olib borish istagida boʻlgan tadqiqotchilarni ragʻbatlantirish maqsadida 6 oy muddatda toʻliq moliyalashtiruvchi grant dasturi.
Grant asosan tabiiy fanlar, muhandislik va tibbiyot kabi tadqiqot sohalariga birinchi oʻrinda eʼtibor qaratadi. Dastur uchun jami 15 nafarga yaqin tadqiqotchilar tanlab olinadi.
Dastur 2026-yil aprel va 2027-yil mart oraligʻida 6 oy davom etadi. Berilgan 1 yil ichida nomzod oʻziga qulay boʻlgan 6 oylik muddatni tanlashi mumkin.
Nomzodlar ariza topshirishdan oldin qabul qiluvchi muassasadan qabul xatini olishi kerak boʻladi. Oʻz tadqiqotini amalga oshirish uchun Yaponiyadagi qabul qiluvchi muassasani (universitetlar, milliy tadqiqot institutlari yoki xususiy sektordagi shunga oʻxshash muassasalar) nomzodlarning oʻzlari erkin ravishda tanlashlari lozim. MIF nomzodlarga Yaponiyadagi qabul qiluvchi muassasalar boʻyicha maslahat yoki tavsiyalar bermaydi.
Dasturga qabul jarayoni hali ochilgani yoʻq, qabul jarayoni 2025-yil 1-iyundan 30-iyunga qadar davom etadi.
Rasmiy eʼlon orqali dastur haqida batafsil maʼlumot bilan tanishib chiqish mumkin.