Tavsif
Yaponiya davlati bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida o‘qimoqchi bo‘lgan xalqaro talabalarga Rotary Yonayema Scholarship stipendiyasini taqdim qiladi.
Dastur imtiyozi talaba o‘qishni tamomlaguniga qadar oylik stipendiya ko‘rinishida taqdim etiladi. Undan tashqari, yo‘l xarajatlari hamda va ichki sayohat xarajatlari qoplab beriladi.
Stipendiya berish muddati - 2 yil (o'qish muddati davomida).
Dastur chuqur tadqiqot bilimlariga ega bo‘lgan va bu borada yuqori natijalarga erishgan, turli xil urf-odat, madaniyatlarni tushunishga, barkamol munosabatlarni rivojlantirishga harakat qilayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Dastur maqsadi- talabalarning o‘z mamlakati bilan Yaponiya o‘rtasida ko‘prik bo‘lish uchun aloqalarni rivojlantirishdir.
Dastur haqida batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.