Yaponiyada joylashgan Asia Pasific Universityda bakalavr bosqichida o‘qish uchun to‘liq va qisman moliyalashtiriladigan grantlar
Yaponiya Yaponiya
22 Mar, 2022 · Muddat tugagan

Yaponiyada joylashgan Asia Pasific Universityda bakalavr bosqichida o‘qish uchun to‘liq va qisman moliyalashtiriladigan grantlar

Bakalavr To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Yaponiyaning nufuzli Asia Pasific Universiteti tomonidan bakalavr bosqichida oʻqimoqchi boʻlgan xalqaro talablar uchun qisman va toʻliq moliyalashtiriladigan grantlar taqdim etildi. Bunda ariza topshirayotgan talabalar 4 yillik kontrakt toʻlovini 30%, 50%, 65%, 80%, 100% qismini qoplash uchun grant yurib olishlari mumkin. Grantni qoʻlga kiritgan nomzodlar, avvalo shu yillar mobaynida akademik koʻrsatkichlari — baholarini yuqori darajada saqlab qolishga harakat qilishlari kerak.

Asia Pasific University uchun qabul jarayoni yiliga 4-5 marta boʻlib oʻtadi va dedlaynlari ham bir-biridan farq qiladi, bu yilgi dastur uchun eng oxirgi dedlayn 23-mart hisoblanadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 12 yillik ta'limni  (akademik litsey/kollej) tamomlagan talabalar (11 yillik ta'lim ham hisobga olinishi mumkin, bunday holatda ariza topshirishdan oldin Yaponiya universiteti xodimlari bilan aloqaga chiqishingiz so‘raladi);
  • Nomzodlar APU universiteti bakalavr kurslaridan biriga qabul qilingan bo‘lishi kerak;
  • Nomzodlar eng kamida ingliz tilidan IELTS 6, iBt 75, TOEIC L&R 750, Cambridge Language Assessment 169, PTE Academic 50, EIKEN Grade Pre-1 ballariga ega bo‘lishi kerak;
  • Barcha ta'lim olgan muassasalarida akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi talab etiladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • APU bakalavr kurslariga qabul qilingan talabalarga kontrakt to‘lovining 30%, 50%, 65%, 80%, 100% i qoplab beriladi;

Kontrakt to‘lovi miqdori bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Topshirish jarayoni

Bakalavr bosqichi uchun onlayn ariza topshiriladi, keyinchalik esa tasdiqlangan hujjatlar qog'oz shaklida Yaponiyaga yuboriladi;

Kerakli hujjatlar:

  • 12 yillik ta'limdagi barcha hujjatlar: maktab shahodatnomasi, litsey/kollej diplomi va baholar;
  • Motivatsion xat (Motivation Letter);
  • Tavsiyanoma (Reference Letter);
  • 3x4 rasm (orqasi oq fonda, oxirgi 3 oy ichida olingan bo‘lishi kerak);
  • Pasport nusxasi (agar nomzod Yaponiyaga oldin borgan bo‘lsa pasportga pechat bosilgan qismini ham yuborish so‘raladi);
  • Ariza uchun to‘lov qilinganligi haqida qog'oz (bu faqat shu to‘lov bank o‘tkazmalari orqali o‘tkazilgan holatlarda so‘raladi);
  • Ariza shaklini barchasini to‘liq to‘ldirib yuborish so‘raladi, chala to‘ldirib yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha ma'lumot uchun bu yerdagi universitet saytiga murojaat qilishingiz mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Yapon tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6

Yaponiya Yaponiyada joylashgan Asia Pasific Universityda bakalavr bosqichida o‘qish uchun to‘liq va qisman moliyalashtiriladigan grantlar
22 Mar, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.