Magistratura bosqichida oʻqish uchun barcha xarajatlari qoplanadigan Joint Japan/World Bank Graduate Scholarship Program (JJWBGSP) dasturi
Yaponiya Yaponiya
27 Fev, 2025 · Muddat tugagan

Magistratura bosqichida oʻqish uchun barcha xarajatlari qoplanadigan Joint Japan/World Bank Graduate Scholarship Program (JJWBGSP) dasturi

Magistratura To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Yaponiyaning World Bank tashkiloti dunyo boʻylab rivojlanayotgan mamlakatlarning bilimli va iqtidorli yoshlarini magistratura bosqichida oʻqishi qoʻllab-quvvatlash, qolaversa, ushbu tashkilotning kelajakdagi missiyalarini amalga oshirish maqsadida Joint Japan/World Bank Graduate Scholarship Program dasturi tashkil etilgan.

Dasturda World bank bilan hamkorlikda bo'lgan turli oliygohlarda ta'lim olish imkoniyati mavjud. Oliygohlar haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

1987-yildan buyon 160 dan ortiq davlat kelgan 6000 dan ziyod bilimli va tajribali yoshlarni ragʻbatlantirish bilan birga ularning bilimini oshirishga xizmat qilib kelmoqda.

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar magistratura kursi toʻlovlaridan toʻliq ozod qilinadi, safar xarajatlari moliyalashtiriladi va oylik stipendiya bilan taʼminlanadi. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod Jahon banki tashkilotiga aʼzo davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi lozim. Oʻzbekiston roʻyxatda mavjud;
  • Bakalavr bosqichini yakunlaganiga kamida 3 yil boʻlishi kerak;
  • Kamida 3 yillik maosh toʻlanadigan ish tajribasiga ega boʻlishi darkor;
  • Ushbu dastur tashkilotchilari, jumladan, ularning oila aʼzolari va yaqin qarindoshlari ariza topshira olmaydi;
  • Dastur ingliz tilida boʻlgani bois ingliz tilini yaxshi bilish talab qilinadi.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Magistrlik oʻquv kursi toʻlovlari toʻliq moliyalashtiriladi;
  • Dastur boshida va oxirida borish-kelish uchun ekonom klassdan aviachipta beriladi;
  • Safar xarajatlari uchun qoʻshimcha $600 pul beriladi;
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi;
  • Yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya beriladi.

Muhim! Dastur viza, oila aʼzolarining ishtiroki, qoʻshimcha kurs va treningda qatnashish va boshqa har qanday xarajatlarni moliyalashtirmaydi.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun nomzod avval oʻqimoqchi boʻlgan universitetidan qabul xati olgan boʻlishi kerak. Soʻngra dastur uchun (kompyuter orqali) onlayn roʻyxatdan oʻtishi va ariza topshirishi lozim.

Kerakli hujjatlar:

  • Ariza shakli;
  • Mehnat tajribasidan xabardor 2 ta shaxs tavsiyanomasi;
  • Mehnat tajribasini tasdiqlovchi hujjat;
  • CV.

Dasturga ariza topshirish yoʻriqnomasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Baholash jarayoni. Ishtirokchilar topshirgan arizalariga ko'ra 10 ballik sistemada baholanadi. 

  • Mehnat tajribasi - 3 ball (30%);
  • Tavsiyanomalar - 3 ball (30%);
  • O'z vataniga qo'shmqochi bo'lgan hissasi - 3 ball (30%);
  • Akademik yutuqlar - 1 ball (10%).

Dastur haqida batafsil rasmiy havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Dastur haqidagi ma'lumotlarning pdf shakli bilan ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin. 

Ko'p berilgan savollar va ularning javoblari haqida ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Yaponiya Magistratura bosqichida oʻqish uchun barcha xarajatlari qoplanadigan Joint Japan/World Bank Graduate Scholarship Program (JJWBGSP) dasturi
27 Fev, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.