Yaponiyada o'qish uchun $30,000 lik grant hamda oyiga $1,200 haq to'lanuvchi ish taqdim qiluvchi FIRST GRANT dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
09 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Yaponiyada o'qish uchun $30,000 lik grant hamda oyiga $1,200 haq to'lanuvchi ish taqdim qiluvchi FIRST GRANT dasturi

To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

First Grant loyihasi — Toshkentdagi "Reiwa Japanese School" hamda Yaponiyaning "First Study JLS" (Osaka) tashkiloti hamkorligida tashkil qilingan Yaponiya til maktablarining O'zbekistondagi birinchi rasmiy granti hisoblanadi. Bundan tashqari Yaponiyaning "Asahi" va "Youmiuri" gazetalari loyiha hamkorlari hisoblanadi. 

Grant loyihasi talabalarni yilda bir marta aprel oyi uchun qabul qiladi.

Loyihada 18-30 yosh oralig'idagi, yapon tilini N4 darajada biluvchilar qatnashishlari mumkin. Ishtirokchilar 6 oylik tayyorlov kurslarida qatnashishlari shart.

G'oliblarning Yaponiyadagi 2 yillik ta'limi va yashash xarajatlari qoplab beriladi. Bundan tashqari, $1,200 oylikli ish taqdim etiladi. 

Grantga qabul 10-noyabrgacha davom etadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Talabgorlar 18-30 yosh orasida bo'lishi kerak;
  • Yapon tilini N4 darajada bilishi lozim;
  • Ishtirokchilar 6 oylik tayyorlov kurslarida qatnashishlari shart.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dastur g'oliblarining 2 yillik ta'limi va yashash xarajatlari qoplab beriladi;
  • Bundan tashqari $1,200 oylikli ish taqdim etiladi.

Topshirish jarayoni

Kerakli hujjatlar:

  • Passport;
  • Diplom (ilovasi bilan).

Hujjatlar asl nusxasi bilan ushbu manzilga murojaat qilish lozim: 
Chilonzor tumani, 12-daha Oazis Savdo Markazi 3- qavat (Mo’ljal: Farhod bozori)

Murojaat uchun:

Telegram: 
@reiwa_jp_uz1 yoki 
@reiwa_jp_uz2 

Telefon: 
+998970077060 
+998909860868

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Yapon tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Yaponiyada o'qish uchun $30,000 lik grant hamda oyiga $1,200 haq to'lanuvchi ish taqdim qiluvchi FIRST GRANT dasturi
09 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.