Yaponiyaning Kioto Oliy fanlar universiteti (KAUS)ning navbatdagi 2023/2024-oʻquv yili uchun qabul dasturi ochilmoqda. KAUS — nafaqat Yaponiya, balki dunyo miqyosida oliy muhandislik va texnika boʻyicha eng soʻnggi ilmlarni oʻzlashtirish, zamonaviy ilm-fan muhitida yangidan-yangi kashfiyotlar qilish imkonini beruvchi oliygoh hisoblanadi.
Universitet muhandislik fakultetiga (Engineering faculty) ariza topshirish niyatida boʻlgan eng iqtidorli talabalarni grant ajratish yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlaydi. Yuz foiz grantga munosib deb topilgan nomzodlar 4 oʻquv yili davomida bepul oʻqish va stipendiya olish imtiyozini qoʻlga kiritadilar. Shuningdek, oʻqish pulini qisman qoplovchi grant ham mavjud. Abituriyentlarga qoʻyiladigan talablar esa, avvalo, fizika-matematika fanlarini puxta bilish va ingliz tilida erkin muloqot qila olishdir.
Talabalikka tavsiya etilganlarni haqiqiy ilm-fan muhiti kutib turadi. Oʻquv yilining oxirgi 2 yilida (3-4-kurslar) talabalar “Capstone Project” loyihasiga jalb etilib, texnologiya kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan real hayotiy muammolarni hal qilish ustida ish olib boradilar. Shuningdek, elektromobillar, dronlar, robotlar, sunʼiy intellekt, mashinalar, dvigatellar muammosi bilan bogʻliq yechimlar, elektr energiyasini ishlab chiqarish tizimlari yuzasidan chuqur bilimlarni egallaydilar. Darslar xalqaro toifadagi professor-oʻqituvchilar tomonidan olib boriladi.
Talablar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
Grant ikki xil shaklda taqdim etilishi mumkin:
Ariza topshirish muddati yakunlangach, nomzodlardan qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin (pochta orqali yopiq konvertda joʻnatiladi). Zarur deb topilsa, onlayn intervyuga ham taklif etilishlari mumkin. Erta qabul 2023-yilning 10-martigacha davom etadi.
Grant yutib olish uchun alohida hujjatlar talab etilmaydi. Saralash mavjud hujjatlarga qoʻyilgan talablar asosida amalga oshiriladi. Grantga tavsiya etilgan nomzodlar oʻqishga qabul qilinganlik haqidagi xabar bilan bilan birga eʼlon qilinadi.
Iqtidorli talabalar uchun yotoqxona ajratiladi (1 yil davomida). Grant imtiyozlarini saqlab qolish uchun talabaning yaxshi oʻqishi va hammaga oʻrnak boʻla olishi shart. Universitet obroʻsiga putur yetkazuvchi yoki axloq normalariga zid harakatlar sodir etgan taqdirda, talaba grantdan mahrum qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumot va savollarga javobni: