Tavsif
Yaponiyaning birinchi raqamli va eng qadimiy universitetlaridan biri, Tokioda joylashgan the University of Tokyo oliygohi oʻqishini koʻchirib oʻtkazmoqchi boʻlgan (transfer students), bakalavr bosqichida oʻqiyotgan xorijiy talabalar uchun Global Course of Science(GCS) grant dasturini taklif qiladi.
Dastur doirasida, talabalar Tokyo universitetining Global Course of Science fakultetidagi kimyo faniga oid yoʻnalishlardan biriga koʻchirib oʻtkazishi mumkin.
Dastur boshlanishiga qadar (2025-yil kuzgi semestr), akkreditatsiyadan oʻtgan istalgan universitetda, eng kamida 2 yil tahsil olgan talabalar, 3-kursdan boshlab oʻqishini koʻchirib oʻtkazishi mumkin.
Universitet taʼlim tili ingliz tilida va nomzodlardan yapon tilini bilish talab etilmaydi. Universitetni tamomlagandan soʻng, talabalarga Bachelor of Sciences(BSc) darajasi beriladi.
Grant dasturi haqida batafsil maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.