Tavsif
Yaponiyaning jahon miqyosidagi kimyo va farmatsevtika kompaniyasi Teyjin tomonidan “Barqarorlik va farovonlik uchun innovatsion yechim” xalqaro startaplar tanlovi e'lon qilinadi. Tanlovda ishtirokchilar Teyjin kompaniyaning global muammolarni hal qilishda yordam beradigan yechim yoki texnologiyalar boʻyicha gʻoyalar taqdim etib, Teyjin mutaxassislari bilan hamkorlikda oʻz gʻoyalarini ishlab chiqishlari va yirik pul mukofotlarini qoʻlga kiritishlari mumkin.
Loyihalar uchun mavzular:
- Atrof-muhit muhofaza qilish;
- Xavfsizlik va tabiiy ofat oqibatlarini yumshatish;
- Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish.
Har bir yo‘nalish haqida batafsil bu yerdan ma'lumot olish mumkin.
Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:
- 1-oʻrin — $20 000
- 2-oʻrin — $13 000
- 3-oʻrin — $8 000
Tanlovga arizalar 14-noyabrga qadar qabul qilinadi.