Tavsif
Milliy Genetika Instituti/Genetika fakulteti (National Institute of Genetics (NIG)/ Department of Genetics, SOKENDAI) genetika va tabiiy fanlar bilan bogʻliq sohalarda tadqiqot tajribasiga ega boʻlishni xohlovchi bakalavr va magistratura bosqichidagi talabalar uchun tadqiqot amaliyoti dasturini taklif etadi.
Amaliyot dasturi Life Science (Hayotiy fanlar) boʻyicha olib boriladi. Dastur ilmiy tadqiqotlar, ilmiy aloqalar, laboratoriya tadqiqotlari va treninglarni oʻz ichiga oladi. Amaliyot davomida qatnashchilar oʻzlariga amaliyot joyidan rahbar topib, birga ishlashlari lozim. Dastur yakunida ishtirokchilar “NIGINTERN Reports Symposium” da oʻz tajribalari haqida taqdimot qiladilar. NIG dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan sertifikat bilan taqdirlanadilar.
Roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2024-yil 6-dekabrda boshlanib, 2025-yil 6-yanvar Oʻzbekiston vaqti bilan 08:00 gacha davom etadi. Amaliyot esa 2025-yil 13-iyundan 24-iyulgacha boʻlib oʻtadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.