Yaponiyaning SSI kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonlik yoshlarning Yaponiyada grant asosida talaba bo'lish va qo'shimcha ishlash imkoniyatini beruvchi JUST Grant loyihasi. Oldindan Yapon tilini bilish talab etilmaydi
Yaponiya Yaponiya
29 Dek, 2021 · Muddat tugagan

Yaponiyaning SSI kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonlik yoshlarning Yaponiyada grant asosida talaba bo'lish va qo'shimcha ishlash imkoniyatini beruvchi JUST Grant loyihasi. Oldindan Yapon tilini bilish talab etilmaydi

Bakalavr +1 To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Ushbu JUST Grant loyihasida 17-35 yosh oralig‘idagi yoshlar qatnashib, Yaponiyaning o‘quv yurtlariga 100% lik grant yutib olishlari mumkin.

Eng asosiysi qatnashuvchilardan yapon tilini oldindan bilgan bo‘lishi talab qilinmaydi.

Ularga 2 oy mobaynida aniq dasturlar asosida yapon tili o‘rgatiladi va shu dastur bo‘yicha SSI kompaniyasi yapon xodimlari tomonidan yuqori shaffoflikda test olinadi. Testda eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar 100% lik grant yutishlari mumkin yaʼni ularning Yaponiyadagi bir yillik o‘qish xarajatlari to‘lab beriladi.

Qo‘shimcha maʼlumot uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.

https://wep.wf/q6pxiz

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Yapon tilini bilish oldindan talab qilinmaydi;
  • Nomzod 17-35 yosh oralig'ida bo'lgan maktab, kollej, litsey yoki universitet bitiruvchilari yoki universitet talabasi bo'lishi kerak;
  • Ishtirokchilar grant dasturidan oldin 2 oylik Yapon tili dasturida qatnashishi va test topshirishlari kerak

Ma'lumot: Testda yeng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar 100% lik grant yutishlari mumkin yaʼni ularning Yaponiyadagi bir yillik o‘qish xarajatlari to‘lab beriladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Birinchi yilgi o‘quv yurtarining 100% kontrakt to‘lovini qoplash;
  • Yaponiya va O‘zbekistondagi hujjat ishlarida to‘liq komaklashish;
  • Yaponiyada kutib olish va joylashtirish;
  • Yotoqxona harajatlarini qoplash;
  • Yaponiyada yashash joyidan ro‘yxatdan o‘tish va tibbiy sug‘urta olishda ko‘maklashish.
  • Shuningdek, talabalar o‘qish mobaynida o‘z harajatlarini qoplashlari va tilni mukammal o‘zlashtirishlari uchun qonuniy ishlash imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi (soatiga $10 atrofida).

Topshirish jarayoni

Dasturga qatnashmoqchi bo'lganlar ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin. 

Qo'shimcha ma'lumot

Manzil
Toshkent, Mirzo Ulug’bek tumani, Mustaqillik ko’chasi 88 (Mo’ljal: Darxon Kafe)

Aloqa
Toshkent: (+998 99) 820 58 00
Toshkent: (+998 99) 825 58 00
Toshkent: (+998 99) 904 10 05

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

Yaponiya Yaponiyaning SSI kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonlik yoshlarning Yaponiyada grant asosida talaba bo'lish va qo'shimcha ishlash imkoniyatini beruvchi JUST Grant loyihasi. Oldindan Yapon tilini bilish talab etilmaydi
29 Dek, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.