Tavsif
- Dastur haqida: Yaponiyaning The Goi Peace Foundation – UNESCO tashkiloti oʻzining yillik insholar tanlovini eʼlon qiladi. Tanlovda sohasidan qatʼiy nazar 25 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar qatnasha oladi. Tanlov quyidagi yosh kategoriyalari boʻyicha 2 guruhda boʻlib oʻtadi:
- Childrenʼs category — 14 yoshgacha boʻlgan bolalar kategoriyasi;
- Youth category- 15-25 yoshlar oraligʻidagi yoshlar kategoriyasi
International Essay Contest for Young People International Essay Contest for Young People nomli yillik insholar tanlovi tinchlik va barqaror rivojlanish madaniyatini targʻib qilishda dunyo yoshlarining kuchi, ijodkorligi va tashabbusidan foydalanish maqsadida tashkil etilgan. Tanlov jamiyatni yosh avloddan oʻrganish va har birimiz dunyoda qanday oʻzgarishlarni amalga oshirishimiz mumkinligi haqida fikr yuritishga undashga qaratilgan.
Insho “My experience of overcoming conflict” ("Nizoni hal etishda mening tajribam") mavzusida yozilishi kerak.
Insho tili: ingliz, fransuz yoki yapon tili.
Tanlovda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar $660 gacha boʻlgan pul mukofotlari, sertifikatlar hamda sovgʻalarni qoʻlga kiritishadi.