Tavsif
2016-yildan beri har yili “Yagona yoshlar sammiti” (One Young World Summit) 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan iqtidorli yoshlar oʻtkazilib kelinmoqda. Bu yil ham yetakchi yoshlar 2024-yilning 17-21 sentyabr kunlari Kanadaning Monreal sharida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Sammitda ishtirok etish uchun bp kompaniyasi Net Zero Scholarship grant dasturini taklif qiladi. Ushbu dasturdan koʻzlangan maqsad sayyoramiz uchun energiya ishlab chiqarish texnologiyalari ustida ishlayotgan yoki oʻz gʻoyasiga ega boʻlgan yosh innovatorlarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Grant sohiblari bp delegatsiyasi sifatida Monrealda boʻlib oʻtadigan “Yagona Yoshlar Sammiti”da ishtirok etish bilan birga , u yerda biznesdagi tengdoshlari bilan uchrashadi va fikr almashish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Barcha xarajatlar kompaniya tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.