Germaniyada boʻladigan 6 kunlik xalqaro One Young World sammitida ishtirok etish uchun Z Zurich Foundation Scholarship dasturi. Barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi!
Germaniya Germaniya
30 Apr, 2025 · Muddat tugagan

Germaniyada boʻladigan 6 kunlik xalqaro One Young World sammitida ishtirok etish uchun Z Zurich Foundation Scholarship dasturi. Barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi!

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

2016-yildan beri har yili “Yagona yoshlar sammiti” (One Young World Summit) 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan iqtidorli yoshlarni kashf qilish maqsadida oʻtkazilib kelinmoqda. Bu yil ham yetakchi yoshlar 2025-yilning 1-6 noyabr kunlari kunlari Germaniyaning Myunxen shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Ushbu sammitda ishtirok etish uchun Z Zurich jamgʻarmasi tomonidan 30 nafar faol yoshlarga toʻliq grantlarni taklif etadi. Ushbu jamgʻarma aslida zaif odamlarga oʻzlarini xavf-xatarlardan yaxshiroq himoya qilish va tez oʻzgaruvchan dunyoga moslashish va rivojlanish imkoniyatini beradi.

Z Zurich jamgʻarmasi aholi orasida ruhiy salomatlikni yaxshilash va ijtimoiy tenglikni taʼminlashni kabi gʻoyalarni targʻib qilishni maqsad qilgan boʻlib, dunyoning eng faol yosh liderlarini xalqaro One Young World Sammitida ishtirok etishlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Dasturga qabul qilingan 30 nafar nomzod Myunxenda boʻlib oʻtadigan One Young World sammitida ishtirok etish bilan birga , u yerda biznesdagi tengdoshlari bilan uchrashadi va fikr almashish imkoniyatiga ega boʻladilar. Barcha xarajatlar jamgʻarma tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Dasturda 18-30 yosh orasida boʻlgan istalgan davlat fuqarosi ishtirok eta oladi;
  • Nomzod Ingliz tilida erkin muloqot qila olishi zarur;
  • Sohaga doir oʻzgarishlarni amalga oshirishda ijobiy natijalarga erishib kelayotgan faol lider boʻlishi kerak;
  • Mahalliy yoki global muammolarga befarq boʻlmasligi kerak;
  • Z. Zurich jamgʻarmasining boshqa stipendiya nomzodlari va xodimlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishga tayyor boʻlishi lozim;
  • Z. Zurich jamgʻarmasi ishiga mos keladigan sohada ijobiy natijalarga erishgan boʻlishi darkor:
    • Ruhiy salomatlikni yaxshilash;
    • Ijtimoiy tenglikni faollashtirish;
    • Iqlim о'zgarishiga mоslashish.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega bo'ladi:

  • Myunxenda boʻlib oʻtadigan One Young World Summit-2025 da bepul ishtirok etadi;
  • Z Zurich jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan qo'shimcha stipendiya dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bunda ishtirokchilarga Zurich jamg'arma guruhining delegatsiyasi bilan One Young World Summit-2025 sammiti oldidan va undan keyingi davra va uchrashuvlarida ishtirok etish, shuningdek, ushbu jamg'arma uchun o'z takliflarini berish imkoniyati beriladi;
  • Sammit kunlari (2025-yilning 1-6-noyabr) Myunxenda istiqomat qilish uchun turarjoy bilan taʼminlanadi;
  • Borib-kelish xarajatlari qoplanadi;
  • Ishtirokchilarga bepul nonushta, tushlik, kechki ovqat beriladi;
  • Sammit oʻtkaziladigan joylarga borish uchun transport bilan taʼminlanadi.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari va kerakli maʼlumotlarni toʻldirishlari lozim.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

Germaniya Germaniyada boʻladigan 6 kunlik xalqaro One Young World sammitida ishtirok etish uchun Z Zurich Foundation Scholarship dasturi. Barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi!
30 Apr, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.