Tavsif
Yaponiya davlatining butun dunyo yoshlari uchun Tokioda bo‘lib o‘tadigan One Young World sammitida 190 ta mamlakatdan 2000 dan ortiq yoshlarning qatnashishlari kutilmoqda. Sammiti 2022-yilning 16-19-may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Sammit 2 yo‘nalishda: ta’lim va iqlim yo‘nalishda bo‘lib, har biri uchun 5 nafardan ko‘zga ko‘ringan yoshlargaimtyoz asosda qatnashish imkoni beriladi. Qabul qilingan ishtirokchilar turar-joy, yo‘l xarajatlari qoplab beriladigan turli xil muhokama forumlari, seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirdan ishtirok etishadi.
Ta’lim yo‘nalishiga qaratilgan ushbu stipendiya o‘z mamlakati, jamiyati shahridagi insonlar uchun ta’lim, ko‘nikmalarni oshirish, imkoniyatlardan foydalanish uchun harakat qiladigan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni ko‘zlaydi.
Dastur quyidagi faoliyatlarni bajara olishini namoyon qilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi:
- Tobora rivojlanib borayotgan global iqtisodiyot tufayli orqada qolgan, masalan, ayollar, qizlar, yetarli imkoniyatga ega bo‘lmagan yoshlar uchun ta’lim olish, ish bilan ta’minlash imkoniyatini yaxshilash;
- Iste’dodlilar kam bo‘lgan hududlarda kelajakdagi ishchi kuchi sifatida davomiy ta’lim olish hamda malaka oshirish imkoniyatini yaratish;
- Insonlarni ish bilan ta’minlash yo‘lidagi an’anaviy to‘siqlarni bartaraf qilish maqsadida tadbirkorlikning yangi ish o‘rinlarini tezlashtirish.
18-30 yosh oralig'idagi barcha millat vakillari Sammitda qatnashish uchun ariza berish huquqiga ega. Dastur haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin.