Tavsif
2016-yildan beri har yili “Yagona yoshlar sammiti” (One Young World Summit) 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan iqtidorli yoshlar oʻtkazilib kelinmoqda. Bu yil ham yetakchi yoshlar 2024-yilning 18-21 sentyabr kunlari Kanadaning Monreal sharida boʻlib oʻtuvchi Sammitda “Yetakchi Osiyo granti” (Leading Asia Scholarship) dasturi doirasida bepul ishtirok etishlari mumkin.
AQSh va Xitoy oʻrtasida bugun katta iqtisodiy raqobat kechayotgani sir emas. Buning oqibatida Janubiy Osiyo va unga tutash hududlarda, umuman, qolgan mintaqalarda iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish dolzarb masalaga aylanmoqda. Qolaversa, savdoning oʻsishi bilan bir qatorda plastik mahsulotlar bilan ifloslanish kuchaymoqda. Bu dasturning maqsadi esa yoshlar orasidan ana shunday muammolarga istiqboli yechimlar taqdim eta oluvchi yetakchilarni kashf etish hamda ularga sammit doirasida bepul ishtirok etishni taʼminlashdir.
Dastur imtiyozlari ichki va tashqi safar xarajatlarini qoplash, bepul mehmonxona va oziq-ovqat bilan taʼminlash va boshqa afzalliklarni koʻzda tutadi. Talablarga javob bera oluvchi hamda oʻz qobiliyatiga ishongan yoshlar bemalol ariza berishlari mumkin (Oʻzbekiston nomi Sammitda qatnashuvchi davlatlar qatorida qayd etilgan). Dastur haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin.