Tavsif
2016-yildan beri har yili o‘tkazilib kelinayotgan “Yagona yoshlar sammiti” (One Young World Summit) 2022-yilning 23-26-may kunlari Yaponiyaning Tokyo sharida bo‘lib o‘tuvchi “Yoshlar salomatligi dasturi” (The Young Health Programme) bo‘yicha 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha davlat yoshlarini imtiyoz asosida (bepul yotoqxona, hech qanday transport xarajatlarisiz, barcha tadbirlarda erkin qatnashish asosida) ishtirok etishga chorlaydi. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning (saraton, qandli diabet, yurak va nafas olish yo‘llari kasalliklari, ruhiy xastaliklar) oldini olishda ijobiy natijalarga erishib kelayotgan eng munosib 12 nafar ishtirokchi imtiyoz(grant)ni qo‘lga kiritadi.
Dasturning maqsadi - targ‘ibot qilish, innovatsiya va birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlarini ko‘rsatish orqali yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni kamaytirishga qarshi mardonavor kurashayotgan yosh yetakchilarni aniqlash va ularga tegishli imtiyozlarni taqdim qilish. Shu vaqtga qadar yuzdan ortiq iqtidorli yoshlar sammitda ishtirok etib, Yagona yoshlar jamiyatining a’zosiga aylanishdi. Ular orasidan ijtimoiy tadbirkorlar, ta’lim beruvchilar, faollar, volontyorlar, salomatlikni saqlashga mas’ul shaxslar, rahbarlar, sarmoyadorlar, murabbiylar (mentor) hamda tibbiyotning deyarli barcha turi bilan shug‘ullanib kelayotgan yetakchilar o‘rin olgan. Imtiyoz, ya’ni grant AstraZenecaning Yoshlar salomatligi dasturi bilan hamkorlikda taqdim etilmoqda.
Yoshlar salomatligi dasturi - saraton, diabet, yurak va nafas olish kasalliklari va ruhiy kasalliklar kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni keltirib chiqaruvchi tamaki iste’moli, spirtli ichimliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, jismoniy harakatsizlik, noto'g'ri ovqatlanish va havoning ifloslanish kabi muammolarga e’tiborini qaratadi. Dasturning maqsad va vazifalari haqida batafsil bu yerda o‘qish mumkin.