Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2023-yil 15-yanvar soat 23:59 (Toshkent vaqti bilan soat 19:59)da yakunlanadi. Dastur ishtirokchisiga aylanish uchun avvalo roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi. Roʻyxatdan oʻtgan nomzodlar avtomatik ravishda Nippon Foundation ishtirokchisiga ham aylanishadi.
Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi:
Birinchi bosqich:
- Birinchi bosqich dastur uchun ariza topshirish jarayonini oʻz ichiga oladi. Bu jarayonda ushbu havola orqali berilgan ariza shakli toʻldirilib elektron manzilga joʻnatiladi.
Ikkinchi bosqich:
- Ariza topshirishning birinchi bosqichidan oʻtgan ishtirokchilargina ikkinchi bosqich uchun ariza topshirishadi. Ushbu bosqichda nomzodlardan qoʻshimcha hujjatlar talab qilinadi. Shuningdek, ular bilan intervyu oʻtkazilib, oʻz davlatlarida dastur uchun imtihon olinadi. Ulardan oʻzining akademik faoliyati, karyerasi hamda ingliz tilini bilish darajasiga oid sertifikat kabi hujjatlarni quyidagi manzilga joʻnatish soʻraladi:
-Tennodai 1-1-1, Tsukuba-shi, Ibaraki-ken JAPAN 305-8571.
- Ikkinchi bosqichda quyidagi hujjatlarni joʻnatish talab qilinadi:
-8 ta rasm (30x40 mm);
-konvertga solingan tavsiyanoma;
-diplom hamda baholar transkriptining nusxasi (agar nomzod hali universitetni tamomlamagan va oxirgi bosqichda oʻqiyotgan boʻlsa oʻsha paytdagi baholar transkriptini joʻnatish soʻraladi);
- til bilish darajasi boʻyicha IELTS, TOEFL yoki GRE sertifikatining asl nusxasi (olinganiga 2 yildan oshmagan boʻlishi lozim).
Eslatma! Birinchi bosqichdan oʻtgan ishtirokchilarga e-mail manzili orqali bogʻlaniladi. Ikkinchi bosqichga oʻtgan yarim final sohiblari bilan intervyu qilinadi va imtihon olinadi. Ikkinchi bosqichdan oʻtgan ishtirokchilar eʼlon qilinadi va Tsukuba Universiteti talabasiga aylanishadi.
Muhim sanalar:
- 2022-yil 12-noyabr- Rasmiy sayt orqali dastur eʼlon qilinadi;
- 2024-yil 15-yanvar- Birinchi bosqich uchun ariza topshirish va uni koʻrib chiqish jarayoni yakunlanadi;
- 2024-yil fevral-mart oylari- Birinchi bosqich uchun intervyu/imtihonlar oʻtkaziladi;
- 2024-yil aprel oyining oʻrtalari- Ikkinchi bosqich uchun qoʻshimcha hujjatlar qabul qilinadi;
- 2024-yil aprel oyining oxirlari- Ikkinchi bosqich uchun intervyu/imtihonlar oʻtkaziladi;
- 2024-yil may oyi- Tsukuba universitetiga talabalikka qabul qilingan nomzodlar eʼlon qilinadi;
- 20234-yil 20-30-sentyabr- Yaponiyaga kelish vaqti;
- 2023-yil 1-oktyabrr- Magistratura bosqichi uchun darslarga yozilish jarayoni boʻlib oʻtadi.
Dasturda roʻyxatdan oʻtish jarayoni haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.