“Yaxshi qoʻshnichilik yoshlar nigohida” mavzusida hikoyalar tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
18 Iyn, 2023 · Muddat tugagan

“Yaxshi qoʻshnichilik yoshlar nigohida” mavzusida hikoyalar tanlovi

Bakalavr +1 Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

“Markaziy Osiyoda bagʻrikenglik va tinchlik manfaatlari yoʻlida transchegaraviy koʻp tomonlama muloqot” loyihasi doirasida Konrad Adenaur fondi tomonidan “Yaxshi qoʻshnichilik yoshlar nigohida” mavzusida hikoyalar tanlovi tashkil etilmoqda. Mahalliy hamkorlar: “Yuksalish fondi” (Oʻzbekiston), BIOM (Qirgʻiziston), “Gender va taraqqiyot” NNT (Tojikiston). Tanlov onlayn boʻlib oʻtadi.

Tanlovda qatnashish uchun qoʻshnichilik haqida hikoya yozish kerak. Hikoya Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik va tinchlik oʻrnatish barqarorligi va rivojlanishini taʼminlashga yordam beradigan ijobiy gʻoyalar va tashabbuslarni yoritishga qaratilgan boʻlishi kerak. Qirgʻiz, tojik, oʻzbek yoki rus tilida yozilishi mumkin.

Hikoyalar asosida badiiy illyustratsiyalar yaratiladi va 3 ta davlatda: Tojikiston, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda tarqatiladi. Shuningdek, gʻolib hikoyalar Oʻsh shahrida boʻlib oʻtadigan milliy koʻrgazmada namoyish etiladi. Shuningdek, siz qimmatbaho sovgʻa va sertifikat yutib olish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Fargʻona vodiysi (Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston) yoshlari;
  • 14 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar qatnasha oladi.
  • Rus yoki milliy tillarda yozilgan hikoyalar ishtirok eta oladi (qirgʻiz, tojik, oʻzbek).

Imtiyozlar va qulayliklar

Xalqaro sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar yutib olish mumkin. Gʻolib hikoyalar Oʻsh shahridagi koʻrgazmada ishtirok etadi. 

Topshirish jarayoni

Hikoya va ishtirokchi haqidagi maʼlumotlar ushbu forma orqali yuborilishi kerak.

Hikoyaga qoʻyilgan talablar:

  • Til: rus yoki milliy. tillar (qirgʻiz, tojik yoki oʻzbek);
  • Hajmi: Hikoya A4 varaqdan, 12 shrift oʻlchamidan oshmasligi kerak;
  • Mazmuni: Hikoya Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik va tinchlik oʻrnatish barqarorligi va rivojlanishini taʼminlashga yordam beradigan ijobiy gʻoya va tashabbuslarni yoritishga qaratilgan boʻlishi kerak. (masalan: stereotiplarning oʻzgarishi, Fargʻona vodiysi xalqlarining turli vakillari oʻrtasida aloqalar oʻrnatilishi haqida hikoya qiluvchi hayotiy voqealar va vaziyatlar, koʻp millatli oilalar chegaralarini kengaytirish va turli xalqlar oʻrtasida doʻstlik koʻpriklarini qurish yoʻli haqidagi hikoya);
  • Hikoyangizga nom berishni unutmang.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

  • Dastur tili

    Rus tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 14, Max: 23

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston “Yaxshi qoʻshnichilik yoshlar nigohida” mavzusida hikoyalar tanlovi
18 Iyn, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.