Tavsif
Hansen Leadership Institute(HLI) - bu butun dunyo boʻylab yetakchilik qobiliyatiga ega ilgʻor salohiyatli talabalar uchun AQShda boʻlib oʻtuvchi 3 haftalik intensiv yozgi trening dasturi. Barcha xarajatlar Fred J. Hansen jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi.
Dastur 2026-yil 1-22-iyulda boʻlib oʻtadi. Barcha 20-25 yoshdagi yetakchi talabalar ishtirok etishi mumkin.
Trening dasturi davomida quyidagi mavzularga urgʻu beriladi:
- Yetakchilik (Leadership);
- Nizolarni hal qilish(Mediation & Conflict Resolution);
- Xalqaro hamkorlik(International Cooperation).
Dastur samarali, axloqiy va istiqbolli yetakchilik tamoyillari, amaliyotlari va psixologiyasi boʻyicha treninglar asosida olib boriladi. Shuningdek, intensiv treninglar davomida ishtirokchilar har xil qarashlarga ega turli millat va davlat vakillari bilan fikr almashish, inson huquqlari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar bilan uchrashish imkoniyatiga ega boʻladi. Ishtirokchilar dasturni tamomlagandan soʻng dastur bitiruvchilarining xalqaro jamiyati aʼzosi boʻlishi mumkin.
Dastur haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.