Tavsif
AQShning IREX tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Community Engagement Exchange (CEE) dasturi XXI asrning dolzarb muammolarini hal qilish qobiliyatiga ega boʻlgan innovatorlarning dinamik global tarmogʻidir. Ushbu dastur 100 dan ortiq mamlakatlarda koʻp tarmoqli yondashuvlarni ishlab chiqish, sogʻlom va faol hamjamiyatlarni barpo etishni maqsad qilgan.
CEE dasturi 21-27 yoshdagi ijtimoiy faol yetakchilariga jamiyat manfaati, xususan, adolatli boshqaruv va tinchlik oʻrnatish, ayollar muammosi, gender tengligi kabi masalalarda kuchli tajribaga ega boʻlish imkoniyatini taqdim etuvchi bir yillik dastur hisoblanadi.
Ushbu dastur quyidagi qismlardan iborat:
- Three-month Practicum in the United States — AQShda 3 oylik amaliyot. Bunda ishtirokchilar IREX tomonidan butun Qoʻshma Shtatlardagi fuqarolik jamiyati tashkilotlariga joylashtiriladi. Tayinlangan rahbarlar koʻmagida 3 oy davomida amaliyot oʻtaydilar;
- Leadership and Civic Engagement Academy — Liderlik va Fuqarolik ishtiroki akademiyasi. Bunda ishtirokchilar xizmat koʻrsatish koʻnikmasi, yuzma-yuz trening, murabbiylik soatlari va global tarmoqqa kirish kabi mashgʻulotlarni oʻz ichiga olgan interfaol oʻquv dasturida ishtirok etadilar;
- Community Engagement Project (CEP) — Hamjamiyat ishtiroki loyihasi. Bunda AQSHdagi mezbon tashkilot va murabbiylar yordamida CEE stipendiatlari uyga qaytganlaridan keyin amalga oshirish uchun jamoatchilik ishtiroki loyihasini ishlab chiqadilar. Ishtirokchilar AQShdan joʻnab ketganlaridan soʻng, ular ushbu loyihalarni oʻz vatanida amalga oshiradilar;
- Community Engagement Project (CEP) Exchange — Hamjamiyat ishtiroki loyihasi almashinuvi. Bunda tanlangan amerikalik mezbonlar va CEE mutaxassislari CEE bitiruvchisi mamlakatiga sayohat qilishadi. Dastur loyihasini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash, qolaversa, Amerika Qoʻshma Shtatlari yoki borgan davlatlarida jamiyatni mustahkamlash uchun oʻrgangan bilimlarni amalda qoʻllash uchun hamkorlikda ishlaydi.
Dastur davomida safar xarajatlari qoplanadi va ishtirokchilarga xarajatlar uchun oylik stipendiya beriladi.